Iqlim özgarişiga qarşi kuraş – kelajak avlodlar oldidagi masʼuliyatimiz
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasida ilgari surgan taşabbuslari ekologik xavfsizlik, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va barqaror taraqqiyotni taʼminlaş masalalari bugun naqadar dolzarb ekanini yana bir bor körsatdi.
– Ayniqsa, davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda yaşil iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy etiş, qayta tiklanuvçi energiya manbalari uluşini oşiriş, zararli çiqindilarni kamaytiriş, suv resurslaridan samarali foydalaniş borasida belgilangan maqsadlar alohida eʼtiborga molik, – deydi Özbekiston "Adolat" SDP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi Nurlibay Qaypbergenov. – Uşbu taşabbus nafaqat bugungi iqtisodiy taraqqiyot, balki kelajak avlodlar uçun soğlom va xavfsiz atrof-muhitni taʼminlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Prezidentimizning Orolböyi hududidagi ekologik vaziyatga qaratayotgan eʼtiborini alohida taʼkidlaş joiz. Çunki Qoraqalpoğiston Respublikasi aholisi iqlim özgarişi, suv tanqisligi, çöllaniş va çang-tuz böronlari oqibatlarini bevosita his qilib kelmoqda. Şu bois Orol dengizining qurigan tubida yaşil qoplamalarni kengaytiriş, hududda ekologik barqarorlikni taʼminlaş, aholi salomatligi va turmuş şaroitini yaxşilaş borasidagi saʼy-harakatlar biz uçun nihoyatda muhimdir.
Davlatimiz rahbarining kelgusi yildan boşlab Özbekiston Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik qilişi, şuningdek, Markaziy Osiyo iqlim integratsiyasi modelini rivojlantiriş taşabbusi bilan çiqişi mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi. Zero, suv va ekologiya bilan boğliq muammolar davlat çegaralarini tan olmaydi. Ularni samarali hal etiş uçun barça mamlakatlarning özaro hamjihatligi, ilmiy yondaşuvi va amaliy hamkorligi zarur.

Özbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi ham ekologik xavfsizlik, aholining soğlom muhitda yaşaş huquqini taʼminlaş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda ekologik madaniyatni yuksaltiriş masalalariga ustuvor yönalişlardan biri sifatida qaraydi. Bu borada partiya faollari, xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari deputatlari va boşlanğiç partiya taşkilotlari tomonidan aholi örtasida ekologik tarğibot işlarini kuçaytiriş, hududlardagi ekologik muammolarni örganiş va ularning yeçimiga jamoatçilik eʼtiborini qaratiş katta ahamiyatga ega.
Albatta, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan taşabbuslarning izçil amalga oşirilişi Orolböyi hududida ekologik barqarorlikni mustahkamlaş, mintaqamizning tabiiy salohiyatini tiklaş va aholi uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratişga hissa qöşadi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri