Tibbiyot: kadrlar tayyorlaş sifati yuqori bosqiçga kötariladi
Bugungi kunda tibbiyot sohasida zamonaviy bilim va mustahkam amaliy könikmalarga ega, malakali mutaxassislarni tayyorlaş dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Şu jihatdan Andijonda ötkazilgan “Dual taʼlim tizimi: Özbekiston va Germaniya köprigi. Dual taʼlimni taşkil etiş böyiça Andijon tajribasi” mavzusidagi xalqaro anjuman alohida ahamiyat kasb etdi.
Mazkur anjuman xorijiy tajribalarni örganiş, taʼlim va amaliyot integratsiyasini kuçaytiriş hamda tibbiy kadrlar tayyorlaş sifatini yangi bosqiçga olib çiqişda muhim bir qadam böldi.
Anjuman doirasida Germaniya davlatidan taşrif buyurgan mutasaddi va mutaxassislar, yurtimiz oliy öquv yurtlari rektorlari institutimiz klinikasi, zamonaviy öquv binosida talabalarning puxta bilim olişi, amaliy könikmalarini boyitişi uçun yaratilgan keng imkoniyatlar bilan yaqindan tanişdi.
Bugungi tibbiy taʼlimda asosiy yondaşuv - nazariya va amaliyot uyğunligini taʼminlaşga qaratilgan. Yaʼni, taʼlim jarayonining 50 foizi nazariy bilim, 50 foizi amaliy maşğulotlardan iborat bölişi muhim hisoblanadi.
Institutimiz klinikasining har bir bölimida 10 tadan auditoriya taşkil etilgan. Klinikada amalga oşirilayotgan amaliyotlar telemeditsina texnologiyalari orqali auditoriyalarga töğridan-töğri uzatiladi. Bu talabalarga real klinik jarayonlarni kuzatiş va tajribali mutaxassislar faoliyatini örganiş imkonini beradi.
Şuningdek, 2 ming örinli öquv binosida taşkil etilgan simulyatsiya va attestatsiya markazi ham zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Markazdagi oltinçi avlod robot-simulyatorlari haqiqiy bemorlarga xos reaksiyalarni namoyon etadi hamda talabalar tomonidan qöllagan muolaja va davolaş usullarini baholaydi. Sunʼiy intellektga asoslangan virtual dasturlar esa murakkab klinik vaziyatlarni xavfsiz muhitda örganiş imkonini yaratadi.
Hozirda institutimizda bakalavriat bosqiçida önta taʼlim yönalişi böyiça kadrlar tayyorlanmoqda. Joriy öquv yilida tahsil olayotgan 13 ming nafardan ziyod talabalarning 1 ming 980 nafarini bitiruvçilar taşkil etadi. Bitiruvçilarimiz, umuman, barça talabalarimizning ixtisoslik yönalişlari böyiça viloyatdagi turli tibbiy muassasalarda dual taʼlim asosida amaliy maşğulotlar ötaşi yölga qöyilgan. Bir söz bilan aytganda, talabalarimiz nazariy va amaliy bilimlarni birdek egallab bormoqda.
Bizning asosiy maqsadimiz, şunçaki diplomli mutaxassis tayyorlaş emas, balki mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan, nazariy bilimlarini amaliyotda qöllay oladigan malakali şifokorlarni tayyorlaşdir.
Germaniya tajribasi bilan uyğunlaşgan Andijon tajribasi asosida rivojlanayotgan dual taʼlim tizimi kelgusida tibbiyot kadrlarini tayyorlaş sifatini yanada yuqori bosqiçga kötaradi. Bu borada bugun talabalar uçun yaratilayotgan zamonaviy imkoniyatlar ertaga xalqimiz salomatligi yölida xizmat qiladigan yetuk mutaxassislarning kamol topişiga mustahkam zamin yaratadi.
Madaminjon Madazimov,
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor.
ÖzA