Tibbiyotga 2 milliard dollar: vazirlik ijro va natija talab qildi
Bugun mamlakatimiz soğliqni saqlaş tizimida jiddiy özgarişlar pallasi ketmoqda. Soha oldida tizimni zamonaviy talablarga moslaştiriş vazifasi turibdi. Joriy yilning 27-oktabr kuni davlatimiz rahbarining soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi vakillari bilan ötkazgan uçraşuvi bu borada asosiy yönalişlarni belgilab berdi.
Kelgusi yilda tibbiyotga 2 milliard dollar miqdorida investitsiya va grant jalb etiş közlangan. Bu mablağlar hududlardagi şifoxona va poliklinikalarning şaroitini yangilaşga yönaltiriladi. Ammo mablağning özi yetarli emas. Har bir hudud rahbari aniq loyiha taklif qilişi şart. Şu bilan birga, çet elda işlayotgan malakali vatandoş şifokorlarni yurtimizga qaytariş ham dolzarb vazifaga aylangan. Çunki xorijiy tajriba va yangi davolaş usullari mahalliy tibbiyotga tezroq kirib keladi.
Tizimda yuqori texnologiyali yordamni kengaytiriş ham diqqat markazida turibdi. Mamlakatdagi 26 ta ixtisoslaştirilgan markaz işini yangiça tartibda yölga qöyiş rejalaştirilgan. Bu markazlar rahbarlarining masʼuliyati oşiriladi. Ilmiy izlanişlarga ham köproq eʼtibor qaratiladi. Yana bir muhim taşabbus 2027-2033-yillarga möljallangan Yadro va radiatsion tibbiyotni rivojlantiriş strategiyasi bilan boğliq. Uşbu hujjat amalga oşgaç, odamlar murakkab taşxis va davolaşda yadro tibbiyoti imkoniyatlaridan kengroq foydalana oladi.
Aholiga eng yaqin tuzilma birlamçi tibbiy-sanitariya böğinidir. Bu yönalişda yangi model joriy etilmoqda. Xodimlarning iş şaroitini yaxşilaş, jumladan, ularni maxsus kiyim bilan taʼminlaş masalasi ham körilmoqda. Biroq, joylardagi holat tahlil qilinganda, qator muammolar borligi oydinlaşgan.
Xususan, infarkt va insultga qarşi kuraşiş milliy dasturi ijrosida oqsoqlik kuzatilgan. Ayniqsa, tezkor va şoşilinç yordam körsatişda kamçiliklar bor. Bundan taşqari, kam uçraydigan, yaʼni orfan kasalliklarga çalingan bemorlarni dori bilan taʼminlaşda ham uzilişlar sezilgan. Doriga bölgan aniq ehtiyojni hisoblaş va yetkaziş tizimi yetarli darajada yölga qöyilmagan. Şuningdek, onalik va bolalikni asraş borasida ham ayrim hududlardagi körsatkiçlar qoniqarli emas.
Soğliqni saqlaş vazirligining Hayʼat yiğilişida uşbu kamçiliklar oçiq tanqid qilindi. Işida kamçilikka yöl qöygan ayrim rahbarlarga intizomiy çora körildi. Vazir Eldor Adilov taʼkidlaganidek, har bir vazifaning aniq rejasi va amaliy natijasi bölişi kerak. Ijro sifati va muddati uçun har bir rahbar özi javob beradi.
Muammolarni kamaytiriş va oçiqlikni taʼminlaş uçun raqamli yeçimlar keng qöllanmoqda. Sohani raqamlaştiriş va DMED tizimini rivojlantiriş orqali ortiqça qoğozbozlikka barham beriladi. Davlat tibbiy suğurtasi esa byudjet mablağlarini maqsadli işlatişga yordam beradi. Şu bilan birga, korrupsiyaga yöl qöymaslik, sanitariya-epidemiologiya tekşiruvlarini töğri taşkil etiş va mavjud tibbiy jihozlarni bekor yotqizmasdan işlatiş muhim. Eng muhimi, şifokor va xodimlarning bemorlar bilan xuşmuomala bölişi hamda odamlarning murojaatlariga öz vaqtida javob beriş asosiy talab bölib qolmoqda.
Pirovardida, tibbiyotda faqat reja yoziş bilan çeklanib bölmaydi. Har bir qaror ortida aniq ijro va sezilarli natija turişi lozim. Katta mablağlar va yangi dasturlar qaçonki joylardagi rahbarlar vijdonan işlasagina öz samarasini beradi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA