Allergiya mavsumi: zamonaviy taşxis va davolaşning yangi usullari
Hozir ayni allergiya mavsumi. Bu davrda köpçilikda aksiriş, burun bitişi yoki köz yoşlanişi kabi noxuş alomatlar kuzatiladi. Umuman olganda, mutaxassislar allergik kasalliklarni bejizga XXI asr pandemiyasi deb aytişmaydi. Statistik maʼlumotlarga köra, bugun dunyoda har uçinçi odam u yoki bu allergik xastalikdan aziyat çekadi.
Yurtimizda ham bunday bemorlar soni yil sayin ortib bormoqda. Şu bois Prezidentimiz taşabbusi bilan allergologiya xizmatini takomillaştiriş, bu turdagi kasalliklarni erta aniqlaş va davolaşning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etişga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining 2023-yil 23-noyabrdagi «Allergik kasalliklarning oldini oliş va davolaş sifatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori bilan uşbu yönalişni yanada takomillaştiriş böyiça qator muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Poytaxtimizda bölib ötgan Özbekiston allergologlari va klinik immunologlarining VI xalqaro kongressida ana şu vazifalar ijrosi doirasida erişilgan natijalar, şuningdek, allergologiyadagi sönggi global tendensiyalar muhokamalar markazida böldi. Anjuman yurtimiz mutaxassislari bilan bir qatorda Rossiya, Turkiya, Qozoğiston, Avstriya va Belgiya kabi davlatlardan taşrif buyurgan yetakçi olim va ekspertlarni bir joyga jamladi.

Qayd etilganidek, sönggi yillarda yurtimizda allergologiya sohasida muhim yutuqlarga erişilmoqda. Xususan, Respublika ixtisoslaştirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida mintaqamizda ilk bor ari zahri asosida tayyorlangan maxsus immunoterapiya preparati yordamida davolaşning yangi usuli yölga qöyildi.
– Oxirgi beş yil içida sohaga doir ikkita Prezident qarori qabul qilindi. Mana şu hujjatlarning ijrosi natijasida hozirgi kunda biz eng rivojlangan Yevropa davlatlari bilan bir xil taşxis qöya olamiz, – dedi Respublika ixtisoslaştirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Razikova. – Biz, allergologiya va klinik immunologiya mutaxassislari, joylarda, tumanlarda, davlatimiz rahbarining topşiriqlari bilan birlamçi zveno şifokorlarini allergologiya muammolariga öqitib, ularni anafilaktik şok, bronxial astmaning oğir turlarida yordam körsata oladigan darajada tayyorladik.
Ixtisoslaştirilgan tibbiy yordamni rivojlantiriş borasidagi işlar hududlarda ham izçil davom ettirilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbarining topşiriğiga muvofiq, Nukus şahar köp tarmoqli markaziy poliklinikasi hamda qator birlamçi tibbiyot muassasalari qoşida allergiya va astma maktablari taşkil etildi. Ularda allergik kasalliklarni erta aniqlaşning zamonaviy usullari joriy qilinib, bemorlar maxsus tekşiruvlardan ötkazilmoqda.
Milliy allergologiya xizmatidagi bu kabi ijobiy özgarişlar, zamonaviy diagnostika va davolaş imkoniyatlarining kengayib borayotgani xalqaro miqyosda ham yuksak eʼtirof etilmoqda. Xususan, ötgan yili Respublika ixtisoslaştirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga ISO xalqaro sertifikatlari topşirildi.
– Özbekistonda allergologiya xizmati yuqori darajada taşkil etilgan, – dedi Rossiya “Immunologiya instituti” davlat ilmiy markazi allergologiya va teri immunopatologiyasi bölimi mudiri Yelena Fedenko. – Bu yerga xorijdan ham bemorlar maslahat oliş va davolaniş uçun taşrif buyuradi. Yurtingizda allergologiya sohasida ilmiy salohiyat va amaliy işlar darajasi yildan-yilga yuksalib borayotganiga guvoh bölyapman. Umid qilamanki, özbekistonlik hamkasblarim, şuningdek, boşqa mamlakatlar mutaxassislari bilan uzoq muddatli va samarali hamkorligimiz bundan keyin ham mustahkamlanib boradi.
Anjuman davomida bronxial astma, dori vositalariga allergiya, atopik dermatit va immun tizimi bilan boğliq boşqa kasalliklarni taşxislaş hamda davolaşning zamonaviy usullariga alohida eʼtibor qaratildi. Molekulyar allergodiagnostika, bemorning individual xususiyatlariga asoslangan davolaş va immunologiyani individuallaştiriş usullari hamda turli yönalişdagi mutaxassislarning özaro hamkorligi masalalari atrofliça muhokama qilindi.

Ikki kun davom etgan tadbir doirasida mahorat darslari ham taşkil etildi. Ular doirasida mahalliy mutaxassislar allergologiyadagi ilğor yondaşuvlar bilan tanişib, xorijiy ekspertlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşdi.
Mazkur xalqaro kongress sohadagi ilğor tajribani örganiş, yangi yondaşuvlarni amaliyotga tatbiq etiş va mutaxassislar örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş uçun muhim maydon böldi. Eng muhimi, bunday ilmiy-amaliy anjumanlar mamlakatimizda allergologiya xizmatini yangi bosqiçga olib çiqib, aholiga körsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yuksaltiradi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA