Tennischilarimiz ikkinchi davrada
Qarshi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimidan joy olgan xalqaro turnirning birinchi davra bahslari yakunlandi.
Qarshi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimidan joy olgan xalqaro turnirning birinchi davra bahslari yakunlandi.Hamyurtlarimiz Jo‘rabek Karimov Bosniya va Gersegovina vakili Tomislav Brkichni, Humoyun Sultonov shveytsariyalik Luka Margarolini, Sanjar Fayziyev rossiyalik Fedor Chervyakovni, Temur Ismoilov rossiyalik Dmitriy Mnushkinni yengdi.
Ikkinchi davrada Jo‘rabek Karimov belgiyalik Sandre Gille, Humoyun Sultonov slovakiyalik Filipp Xoranskiy, Sanjar Fayziyev hindistonlik Sumit Nagal, Temur Ismoilov belaruslik Ilya Ivashka bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Birinchi raqamli tennischimiz Nigina Abduraimova yakkalik bahslarida rossiyalik Valeriya Savinixni 7:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Nigina endi serbiyalik Nina Stoyanovichga qarshi kortga chiqadi.
Juftlik bahslarida Temur Ismoilov va Shonig‘matjon Shofayziyev, Jo‘rabek Karimov va Sanjar Fayziyev, qizlar o‘rtasida Go‘zal Yusupova va Shahnoza Hatamova g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.