Tennis: Polina va Mariya Germaniyada o‘ynaydi
Germaniyaning Berlin shahrida ayollar o‘rtasida WTA500 toifasiga kiruvchi “Berlin Open – 2026” xalqaro turnirida ikki nafar tennischimiz – Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.
Mazkur musobaqaning asosiy to‘r bahslariga yo‘llanma beruvchi saralash bosqichining birinchi davrasida Polina Kudermetova ilk uchrashuvini avstriyalik Sinya Krausga qarshi o‘tkazsa, Mariya Timofeyeva meksikalik Renata Sarasua bilan kuch sinashadi. Darvoqe, ushbu bahslar bugun mamlakatimiz vaqti bilan soat 15:30 dan so‘ng start oladi.
Ma’lumot o‘rinda, “Berlin Open – 2026” musobaqasining umumiy mukofot jamg‘armasi taxminan 1 million 206 ming 446 AQSH dollarini tashkil etadi. Ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari g‘olibasi 500 reyting ochkosi bilan birgalikda, 161 ming 310 yevro mukofot pulini qo‘lga kiritadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA