Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini asraş – burçimiz
Bugun internet va tezkor aloqa hayotimizning yurak urişiga aylanib ulgurgan. Işimiz, öqişimiz, davlat xizmatlaridan foydalanişimiz va hattoki kundalik muloqotimiz ham barqaror tarmoqqa boğliq. Şu bois yer usti va ostidan ötgan har bir aloqa kabellari aslida minglab insonlarning uzluksiz faoliyatini taʼminlab turgan muhim hayotiy tomirdir.
Optik tolali aloqa kabellari zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunday kabellarning şikastlanişi natijasida aloqa xizmatlarida uzilişlar yuzaga kelişi, internet sifati pasayişi, ayrim hududlarda abonentlarning telekommunikatsiya xizmatlaridan vaqtinça foydalana olmasligi kabi noqulayliklar kelib çiqişi mumkin.
Şu sababli aloqa tarmoqlari va kabel inşootlarining butligini taʼminlaş, ularni turli taşqi taʼsirlardan himoya qiliş, ayniqsa, yer qaziş va quriliş işlari olib borilayotgan hududlarda belgilangan xavfsizlik talablariga rioya etiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Afsuski, yer qaziş va quriliş işlarida belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilmaslik oqibatida telekommunikatsiya aloqa kabellariga şikast yetkaziş holatlari hamon uçramoqda.
Aslida, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini asraş nafaqat soha xodimlari, balki har birimizning burçimizdir.
Xorazmda optik tolali aloqa kabellarining şikastlaniş holatlari örganildi.
Ötgan töqqiz oy davomida Telekommunikatsiya xizmatlarini körsatuvçi taşkilotlar tomonidan “Özkomnazorat” inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy bölimiga 9 ta murojaat kelib tuşgan.
Mazkur murojaatlar asosida Inspeksiyaning Xorazm viloyati hududiy bölimi mutaxassislari tomonidan holat joyiga çiqib örganilgan.
Örganişlar davomida magistral va zona içi optik tolali aloqa kabellariga şikastlar yetkazilgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar, kabel şikastlanişlari böyiça taqdim qilingan murojaatlar va amalga oşirilgan örganiş natijalari "Özkomnazorat” inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy bölimi tomonidan tahlil qilinib, aybdor jismoniy va yuridik şaxslarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartiblar asosida maʼmuriy javobgarlik çoralari köriş belgilandi.
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 154-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan “Aloqa yöllari va inşootlarini, şuningdek, aloqa yöli va kabel inşootlarini muhofaza qiliş qoidalarini buziş” huquqbuzarligi böyiça tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, şikastlanişga olib kelgan jismoniy va yuridik şaxslarga nisbatan maʼmuriy jarima çoralari qöllanildi.
Bu kabi holat bir qaraşda oddiy texnik nosozlikdek tuyulişi mumkin. Biroq, telekommunikatsiyalar tarmoqlariga yetkazilgan zarar ortida köplab abonentlar, taşkilotlar va tadbirkorlik subʼektlarining uzluksiz telekommunikatsiyalar tarmoqlari imkoniyatidan foydalanayotganligini ham unutmaslik zarur. Birgina kabelning şikastlanişi qisqa muddat içida katta hududdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlari faoliyatiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.
Şu bois, yer qaziş, quriliş-montaj, obodonlaştiriş va boşqa işlarni amalga oşirayotgan fuqarolar hamda taşkilotlar aloqa liniyalari va kabel inşootlarining muhofaza zonalariga alohida eʼtibor qaratişlari lozim.
Har qanday quriliş yoki qaziş işlarini boşlaşdan avval hududda mavjud kommunikatsiya tarmoqlarining joylaşuvini aniqlaş, tegişli taşkilotlar bilan kelişiş va belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy rioya qiliş zarur. Ayniqsa, maxsus texnika yordamida qaziş işlari olib borilayotganda ehtiyotsizlik bilan qilingan birgina harakat katta hajmdagi aloqa tarmoğiga zarar yetkazişi mumkin.
Telekommunikatsiyalar infratuzilmasini asraş faqat aloqa operatorlari yoki tegişli nazorat organlarining emas, balki har bir fuqaro va xöjalik yurituvçi subʼektning ham masʼuliyatidir.
Unutmang, bugun ehtiyotkorlik bilan asrab qolingan birgina aloqa kabeli - ertaga minglab yurtdoşlarimizning uzluksiz telekommunikatsiyalar xizmatidan sifatli foydalanişini taʼminlaydi.
Qurbonboy Qiliçov,
“Özkomnazorat” inspeksiyasi
Xorazm viloyati hududiy bölimi boş mutaxassisi.
ÖzA