Tayms-skverda qotillik, Eron bilan aloqalar uzildi, Putindan keskin bayonot - Xorij xabarlari(+video)
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Nyu-Yorkda Amerika banki vitse-prezidenti Erin Piasenti pichoqlanib o‘ldirilgani, Peru Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzgani, Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti yakunlari bo‘yicha 28 ta hujjat imzolangani hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi urush bo‘yicha bayonotlari haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Norvegiyada yangi qirol Xokon VIII qasamyod qabul qilgani, Yevropa Ittifoqining 10 dan ortiq davlati Livan armiyasini qo‘llab-quvvatlash missiyasiga hissa qo‘shishga tayyorligi haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA