Tayinlov
Hasanov Lazizbek Sharif o‘g‘li – Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Lazizbek Hasanov 1993-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. U 2017-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini, 2023-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi hamda Ekologiya qo‘mitasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ushbu tayinlovga qadar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Ekopolitsiya boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
O‘zA