Taxmina Ikromova jahon kubogida muvaffaqiyatga erishdi
Italiyaning Milan shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Mahoratli badiiy gimnastikachimiz halqa dasturi finalida uchinchi o‘rinni egallab, bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, tasma dasturi finalida ham muvaffaqiyatli chiqishni amalga oshirgan Taxmina yana bir bronza medal bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA