Targ‘ibotchilar – tengdosh yoshlar
Samarqand viloyatidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida xalqaro fan olimpiadalari va sport musobaqalari g‘oliblari, iste’dodli yoshlar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Samarqand viloyatidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida xalqaro fan olimpiadalari va sport musobaqalari g‘oliblari, iste’dodli yoshlar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.Pastdarg‘om pedagogika va sport hamda tibbiyot kollejlarida tashkil etilgan shunday tadbirlarda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari – Samarqand pedagogika kolleji o‘quvchisi Ruxshona Ergasheva, Siyob tibbiyot kolleji o‘quvchisi Durdona Olimova, yaqinda Turkiyada o‘tkazilgan taekvondo bo‘yicha Yevropa ochiq chempionatida bitta kumush va ikkita oltin medalni qo‘lga kiritgan Siyob tibbiyot kolleji o‘quvchisi Zarina Zubaydullayeva ishtirok etdi.
Tengdoshlariga namuna bo‘layotgan bu qizlar Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor samaralari, erishgan muvaffaqiyatlari omili, oilada va o‘zlari tahsil olayotgan kollejda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.
– Besh yoshimdan Samarqand shahridagi badiiy gimnastika maktabiga qatnayman – deydi 2015-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan Ruxshona Ergasheva. – Avvaliga shahar va viloyat miqyosidagi musobaqalarda qatnashdim. Keyinchalik yuqori o‘rinlarni egallab, mamlakat chempionati, xalqaro turnirlarga yo‘llanma oldim. 2007-yilda – 9 yoshimda xorijda o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha xalqaro musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritdim.
Uchrashuv qiziqarli savol-javoblar, kollejlar qoshidagi “Zulfiyaxonim qizlari” to‘garagi ishtirokchilari va musiqiy jamoalarning badiiy chiqishlari bilan yakunlandi.