Taniqli kompozitor tavalludining sakson yillik yubileyiga bağişlangan anjuman
Özbekiston davlat konservatoriyasida ustozlar tavalludining 80 yilligiga bağişlab ötkazilayotgan «Ilm va ijod uyğunligi» xalqaro ilmiy-ijodiy anjumanlar festivali doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Navbatdagi anjuman Özbekistonda xizmat körsatgan sanʼat arbobi, «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni sohibi, taniqli kompozitor, professor Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligiga bağişlandi.
Öquv işlari böyiça prorektor Farhod Abdullayev va boşqalar kompozitorning boy ijodiy merosi, özbek musiqa sanʼati rivojiga qöşgan beqiyos hissasi va milliy bastakorlik maktabi taraqqiyotida tutgan örni, ustozning köp qirrali ijodiy faoliyati, betakror musiqiy asarlari hamda köp yillik ilmiy-pedagogik tajribasi yoş avlod uçun katta ijodiy maktab ekanini taʼkidladilar.
Anjuman munosabati bilan festival doirasida maxsus naşr etilgan kitob hamda Konservatoriya rahbariyati nomidan yubilyarga samimiy hurmat va ehtirom ramzi sifatida esdalik sovğalari topşirildi.
Ilmiy-ijodiy anjuman davomida kompozitorning hayoti va ijodiy yöli, milliy va jahon musiqa sanʼati rivojiga qöşgan hissasi, bastakorlik uslubining öziga xos xususiyatlari hamda ijodiy merosining bugungi kundagi ahamiyatiga oid maʼruzalar tinglandi. Konservatoriyaning Kompozitorlik va çolğulaştiriş kafedrasi professor-öqituvçilari, musiqaşunos va sanʼatşunos olimlar, yoş kompozitorlar hamda tadqiqotçilar öz çiqişlarida ustoz asarlarining badiiy qimmati, musiqiy tafakkuri va bastakorlik mahoratining öziga xos qirralarini tahlil qildilar.

Mustafo Bafoyevning nomi zamonaviy özbek kompozitorlik maktabi tarixida alohida öringa ega. Yarim asrdan ortiq davom etayotgan samarali ijodiy faoliyati davomida u turli janrlarda betakror asarlar yaratib, milliy musiqa madaniyatimizning boyişi va yuksalişiga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Kompozitor ijodi yuksak professional mahorat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyğunligi, janr va şakllar rang-barangligi bilan ajralib turadi. Köp yillik izlanişlar natijasida uning öziga xos musiqiy tili va uslubi şakllangan. Şu bois Mustafo Bafoyev asarlarini tinglovçi dastlabki ohanglaridanoq tanib olişi mumkin.
Bugungi kunda kompozitorning ijodiy merosi 1000 dan ortiq asarni qamrab oladi. Ular orasida 6 ta simfoniya, 7 ta oratoriya, turli çolğular va orkestrlar uçun 30 ga yaqin konsert, xalq çolğulari orkestri uçun yaratilgan yirik va kiçik şakldagi asarlar, kamer-çolğu musiqasi, 200 dan ortiq xor asari, qöşiq va romanslar mavjud.
Uşbu asarlarning köpçiligi bugungi kunda konsert dasturlari, teatrlar repertuari, şuningdek, oliy va örta maxsus musiqa taʼlimi muassasalarining öquv jarayonidan munosib örin egallagan.
Mustafo Bafoyev ijodida musiqali sahna asarlari ham alohida ahamiyat kasb etadi. «Umar Xayyom», Ahmad al-Farğoniyga bağişlangan «Sevgim samosi», «Şayxurrais Abu Ali ibn Sino», «Barbad» hamda Alişer Navoiyning «Xamsa» asari asosida yaratilgan sahna asarlari kompozitor ijodining muhim namunalaridir.

Ustoz musiqasi mamlakatimizdagi Mustaqillik va Navröz bayramlari, buyuk allomalarimiz tavallud sanalari hamda qadimiy şaharlarimizning yubiley tantanalarida köp bor yangragan. Uning asarlari nafaqat yurtimizda, balki MDH davlatlari, AQŞ, Misr, Germaniya, Fransiya va Turkiya kabi mamlakatlarda ham ijro etilgan.
Kompozitorning faoliyati faqat ijod bilan çeklanib qolmaydi. U mohir pedagog sifatida köplab yoş isteʼdodlarni tarbiyalab, özbek kompozitorlik maktabining munosib davomçilarini kamolga yetkazdi. Uning şogirdlari respublika va xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatli iştirok etib, sovrinli örinlarni egallab kelmoqda. Şuningdek, Mustafo Bafoyev ijodi va asarlari asosida bir neça avlod sozanda, xonanda, kompozitor va musiqaşunoslari şakllangan, uning ijodiy merosiga bağişlangan köplab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
Ustozning sanʼat va taʼlim sohasidagi köp yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan munosib eʼtirof etilgan. U 1995-yilda «Özbekistonda xizmat körsatgan sanʼat arbobi» faxriy unvoni, 1997-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti, 2008-yilda «Fidokorona xizmatlari uçun», 2020-yilda esa «Mehnat şuhrati» ordenlari bilan taqdirlangan.
Mustafo Bafoyevning 80 yillik yubileyiga bağişlangan mazkur anjuman nafaqat taniqli ijodkorning boy musiqiy merosini yana bir bor kaşf etiş, balki uni ilmiy jihatdan çuqur örganiş, keng tarğib qiliş va kelajak avlodga yetkaziş yölidagi muhim qadam böldi.
N.Usmonova,
ÖzA