Respublika teatr sanʼati festivali ğoliblari taqdirlandi
Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida Respublika teatr sanʼati festivali doirasida «Teatr sanʼatining dolzarb masalalari: anʼana va zamonaviy tendensiyalar» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi.
Anjumanda Madaniyat vazirining birinçi örinbosari Nodirbek Sayfullayev, teatr sohasi vakillari, sanʼatşunoslar hamda mutaxassislar iştirok etdi.
Konferensiya davomida milliy teatr sanʼatining bugungi holati, anʼana va zamonaviylik uyğunligi, sahna ijodkorligi, aktyorlik mahorati hamda zamonaviy rejissuraning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, teatrlarni zamonaviy marketing va brend-menejment strategiyalari asosida rivojlantiriş masalalariga bağişlangan taqdimot ham ötkazildi.
Şu kuni Respublika teatr sanʼati festivalining tantanali yopiliş va taqdirlaş marosimi ham bölib ötdi.

16–21-noyabr kunlari Toşkent şahrida ötkazilgan festivalda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan professional teatr jamoalari öz spektakllari bilan iştirok etdi.
Ğoliblarga diplom va pul mukofotlarini Madaniyat vazirining birinçi örinbosari Nodirbek Sayfullayev topşirdi.

Festival yakunlariga köra, 17 ta nominatsiya böyiça ğoliblar aniqlandi.
«Eng yaxşi dramatik spektakl» — Özbekiston davlat drama teatrining «Işlaganday bölaylik» spektakli — 81 600 000 söm.
«Eng yaxşi qöğirçoq spektakli» — Samarqand viloyati qöğirçoq teatrining «Krasniye başmaçki» spektakli — 54 400 000 söm.
«Eng yaxşi rejissyor» — «Nasriddin Afandi» spektakli rejissyori Şuhrat Ibragimov — 13 600 000 söm.
«Eng yaxşi dramaturg» — «Tongni kulib qarşi ol!» spektakli muallifi Qöçqor Norqobil — 10 880 000 söm.
«Eng yaxşi rassom» — «Birinçi qaldirğoç» spektakli ssenografiyasi uçun Mirjalol Xoliqov — 10 880 000 söm.
«Eng yaxşi kompozitor» — «Tongni kulib qarşi ol!» spektakli musiqasi muallifi Oydin Abdullayeva — 10 880 000 söm.
«Eng yaxşi erkak roli» — «Birinçi qaldirğoç» spektaklida Mannon Uyğur obrazini ijro etgan Jamoliddin Abdujabborov — 6 800 000 söm.
«Eng yaxşi ayol roli» — «Momo yer» spektaklida Tölğonoy obrazini gavdalantirgan Nigora Ahmedova — 6 800 000 söm.
«Eng yaxşi qöğirçoqboz» — «Ali bobo va qirq qaroqçi» spektaklida Qosim obrazini yaratgan Raşid Çöqqiyev — 6 800 000 söm.
«Eng yaxşi epizodik rol» — «Legko li bit advokatom» spektaklida Luli obrazini ijro etgan Şahzod Şahnazarov — 6 800 000 söm.
«Eng yaxşi musiqiy bezak» — «Tebranmas yuraklar» spektaklining musiqiy bezagi uçun Sersenbek Jetkerbayev — 6 800 000 söm.
«Eng yaxşi libos rassomi» — «Laylaklar nolasi» spektakli uçun Furqat Qöçqorov — 6 800 000 söm.
«Eng yaxşi grim işi» — «Manqurt» spektaklidagi grim işi uçun Şahlo Allaberganov — 6 800 000 söm.
«Eng yaxşi qöğirçoqsoz» — «Çemodan» spektakli qöğirçoq ustasi Temur Yöldoşev — 6 800 000 söm.
«Eng faol teatrşunos» — Muhabbat Tölaxöjayeva — 6 800 000 söm.
«Eng faol tarğibotçi» — Abdusaid Ğaniyev — 6 800 000 söm.
«Eng faol teatr rahbari» — Ötkir Mahmatqulov — 6 800 000 söm.

Bunday festivallar nafaqat teatr sanʼatidagi yutuqlarni eʼtirof etiş, balki ijodiy tajriba almaşiş, yangi isteʼdodlarni kaşf etiş va milliy teatr sanʼatini yanada rivojlantirişga ham xizmat qiladi.
N.Usmonova,
ÖzA