«Bizning avlod – 2026» xalqaro bolalar qöşiqlari tanlovi bölib ötdi
Toşkent şahrida «Bizning avlod – 2026» bolalar mualliflik qöşiqlari xalqaro televizion tanlovi bölib ötdi. Dunyoning 18 ta davlatidan kelgan yoş isteʼdodlar öz ijod namunalarini xalqaro sahnada namoyiş etib, poytaxtimizda ötkazilgan finalda ğoliblik uçun bellaşdi.
«Bizning avlod» tanlovi 2023-yildan buyon ötkazib kelinayotgan oçiq xalqaro loyiha bölib, qisqa vaqt içida bolalar ijodi va mualliflik qöşiqlarini qöllab-quvvatlovçi nufuzli maydonlardan biriga aylandi. Unda 9 yoşdan 16 yoşgaça bölgan bolalar va ösmirlar iştirok etdi. Tanlovning asosiy şarti yangi mualliflik qöşiğini yaratişda faol iştirok etiş va uni jonli ijroda taqdim etişdan iborat böldi.
Tanlovning asosiy taşkilotçisi va taʼsisçisi — «Zamonaviy sanʼat akademiyasi» ijodiy rivojlaniş markazi böldi. Bu yilgi loyiha Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Respublika «Kelajak» markazi hamkorligida amalga oşirildi.
Tanlovda AQŞ, Özbekiston, Xitoy, Braziliya, Rossiya, Hindiston, Keniya, Qirğiziston, Madagaskar, Tojikiston, Uganda, Janubiy Afrika Respublikasi, Qozoğiston, Armaniston, Belarus va Möğuliston kabi davlatlardan yoş ijroçilar iştirok etdi. Mamlakatimiz nomidan esa yoş isteʼdod sohibi Muslima Hamidullayeva yurtimiz şarafini himoya qildi.
Tanlov boş prodyuseri, Zamonaviy sanʼat akademiyasi taʼsisçisi Stella Xaçanyans Özbekistonda uşbu xalqaro loyihani ötkaziş imkoniyati yaratilgani uçun minnatdorlik bildirdi. U tanlov iştirokçilari geografiyasining kengayişi iqtidorli bolalar uçun yangi imkoniyatlar yaratişi va mamlakatlar örtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qilişini taʼkidladi.
Şuningdek, u turli mamlakatlardan kelgan yoş iştirokçilar Toşkentga taşrifi davomida Özbekistonning boy madaniyati, milliy qadriyatlari va mehmondöstligi bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega bölganini qayd etdi.
Respublika «Kelajak» markazi direktori Indira Xoldorova ham Özbekiston yirik xalqaro forumlar va nufuzli tanlovlarni yuqori saviyada taşkil etiş böyiça katta tajribaga ega ekanini taʼkidladi. U xorijdan taşrif buyurgan yoş isteʼdodlarni mamlakatimizda kutib olişdan mamnunligini bildirib, iştirokçilar yurtimiz haqida yorqin va unutilmas taassurotlar bilan qaytişlariga işonç bildirdi.
«Bizning avlod» tanlovi nafaqat ğoliblarni aniqlaş, balki yoş muallif va ijroçilarni qöllab-quvvatlaş, ularning ijodini keng tarğib qiliş, milliy madaniy anʼanalarni asrab-avaylaş hamda turli mamlakatlar yoşlari örtasida ijodiy hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qildi.
[gallery-32637]
Tanlov iştirokçilari xalqaro sahnada öz isteʼdodlarini namoyon etiş bilan birga, yangi döstlar orttiriş, tajriba almaşiş va turli xalqlarning madaniyati bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega böldi.
Toşkentda mazkur xalqaro tanlovning ötkazilişi Özbekistonning madaniy hamkorlik sohasidagi xalqaro aloqalarini mustahkamlaş, yoş avlodning ijodiy salohiyatini yuzaga çiqariş va mamlakatimizni xalqaro madaniy muloqot maydoni sifatida yanada kengroq namoyon etiş yölida muhim qadam böldi.
N.Usmonova,
F.Abdurasulov (surat),
ÖzA