Ta’lim samarasi – yoshlar yutug‘ida
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi Prezident maktabida 2025–2026 o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan “Bitiruvchilar oqshomi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Ayniqsa, yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash, ularning xalqaro maydonda raqobatbardoshligini oshirish hamda ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
[gallery-30053]
Prezident maktabi bitiruvchilari yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, yuqori natijalarga erishdi. Jumladan, bitiruvchilarning barchasi — 22 nafar o‘quvchi IELTS va SAT xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Ularning IELTS bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichi 7 ballni, SAT bo‘yicha esa 1300 ballni tashkil etdi.
Ta’kidlanganidek, Prezident maktablarida joriy etilgan zamonaviy ta’lim yondashuvlari va yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar bilimli, tashabbuskor va raqobatbardosh kadrlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA