Intellektual mulk ob’ektlariga oid patentlarni o‘z kuchida saqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq:
Ixtiroga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
Foydali modelga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
Sanoat namunasiga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
Seleksiya yutug‘iga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
Intellektual mulk ob’ektlariga oid patentlarni o‘z kuchida saqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
Intellektual mulk ob’ektlariga oid muhofaza hujjatlarining dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Mazkur Ma’muriy reglamentlar O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ixtiroga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ko‘rsatiladi.
Ixtiroga patent berish haqidagi talabnomani topshirish va davlat xizmatidan foydalanish bo‘yicha boshqa harakatlar ro‘yxatdan o‘tkazilishi so‘ralayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan bevosita yoxud o‘z vakili (patent vakili yoki ishonchli shaxs) orqali amalga oshiriladi.