Tahlil va taklif: kelajakda kim bölasan?
Bir paytlar köpçilik ota-onalar farzandini kasb-hunar, kiçik biznes va tadbirkorlikka emas, köproq prokuror yoki boşqa nomdor lavozim egasi böliş uçun öqişga undardi.
Endi manzara özgarmoqda, oilalar bolalarini kasb-hunar, muhandislik va innovatsiyalarga örgatişga intilmoqda. Ulkan islohotlar natijasida aholimizning intellektual salohiyati ham dunyo bilan teng ösib borayotgani bu masalani yanada dolzarb qilmoqda. Oliy taʼlim diplom beruvçi maskandan kasb-hunar va amaliyot bilan boğlangan markazga aylanmoqda, texnikumlar yangilanmoqda, maktablarda bolalarni kasbga yönaltirişning zamonaviy tizimi şakllanmoqda.
Şunday paytda tabiiy savol tuğiladi: bu islohotlar samarasini töliq röyobga çiqariş uçun yana nima zarur?

Şu örinda taʼlimni imoratga qiyoslasak, u tört ustunga tayanadi. Birinçisi – davlat boşqaruvi, huquqiy baza va qonunçilik. Ikkinçisi – maktab, texnikum, oliygoh kabi taʼlim muassasalari va ularning infratuzilmasi. Uçinçisi esa öquvçi, talaba, tinglovçi va doktorant, yaʼni taʼlim oluvçining özi va sönggi – törtinçisi – ota-ona, oila va jamiyat.
Keyingi yillarda qabul qilingan hujjatlar asosan dastlabki uçta ustunni mustahkamlaşga qaratildi, yangi qonunlar qabul qilindi, maktab va texnikumlar qurildi, öquv dasturlari özgardi. Sönggi ustun – oilani taʼlim jarayoniga tayyorlaş esa endi alohida tizim sifatida şakllanişi lozim bölgan yönalişdir. Çunki bolaning qaysi kasbni tanlaşi, öziga işonişi va maqsad sari qatʼiyat bilan intilişi köp jihatdan oilada, dasturxon atrofidagi oddiy suhbatlarda şakllanadi.
Prezidentimizning 2025-yil 23-oktabrdagi “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga köra, 2026/2027 öquv yilidan bolalarni kasbga yönaltirişning bosqiçli tizimi joriy etilmoqda. Boğçada 5 yoşdan “Atrofimizdagi kasblar”, 1–4-sinflarda “Kasblar alifbosi”, 5–6-sinflarda “Kasblar olami”, 7–9-sinflarda esa “Mening kelajakdagi kasbim” dasturlari asosida iş olib boriladi.
Qarorda 2030-yilgaça 9-sinf bitiruvçilarini kasbiy taʼlim bilan qamraş darajasini 29 foizdan 50 foizga, dual taʼlim uluşini esa 9 foizdan 40 foizga yetkaziş maqsadi belgilangan. 2026-yilgi Davlat dasturiga muvofiq, 7 ta hududdagi ilğor texnikumlarda “Kasblar şaharçalari” taşkil etilmoqda, maktablarda maktab maslahatçisi lavozimi joriy qilinmoqda.
Bu dasturlar maktabda bola bilan işlaydi. Keçqurun esa bola uyiga qaytadi. Ota-ona zamonaviy kasblar, texnikum va dual taʼlim imkoniyatlari, farzandining qiziqişlari haqida aniq tasavvurga ega bölsa, maktabda boşlangan iş uyda davom etadi va mustahkamlanadi.
Şu örinda oila taʼlim jarayonining faol iştirokçisiga aylanişi uçun bir neçta amaliy mexanizm taklif etiş mumkin.
Ota-onalar akademiyasi. Maktab va mahalla negizida taşkil etiladigan modulli maşğulotlar bolaning qiziqişlarini kuzatiş, zamonaviy kasblar va mehnat bozori, taʼlim yönalişlari va qabul tizimi, farzand bilan kasb haqida suhbat quriş imkonini beradi.
Oilaviy kasb maslahati. 7- va 9-sinfda ota-ona, öquvçi va maktab maslahatçisining uçlik uçraşuvlari taşkil etilişi lozim. Şunda kasb tanlaş oila, maktab va bolaning birgalikdagi qaroriga aylanadi.
Mahalla “kasb elçilari”. Har bir mahallada öz kasbining ustasi bölgan hunarmand va mutaxassislardan iborat jamoatçilik guruhi şakllantirilsa, ular maktablarda uçraşuvlar ötkazadi, bolalarni ustaxonalarga taklif qiladi.
Yagona “Kasb portfoliosi”. Bolaning 5 yoşdan boşlab qiziqişlari, taşxis natijalari, tögarak va amaliyotlari bir joyda jamlanadi. Uni öquvçi, ota-ona va maslahatçi birdek köradi.
Bu takliflar 2026-yilning “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb nomlanganiga ham mos keladi, mahalla taʼlim va tarbiyaning tayanç böğiniga aylanadi.
Şu örinda xorij tajribasiga tayansak. Germaniyada kasbga yönaltiriş maktab, bandlik xizmati, iş beruvçi va oila iştirokidagi yagona zanjir sifatida işlaydi. Federal taʼlim va tadqiqotlar vazirligi 2008-yilda yölga qöygan kasbga yönaltiriş dasturida öquvçilar 7- yoki 8-sinfda ikki kunlik “potensial tahlil”dan ötadi, 8-sinfda esa kamida uçta kasb sohasida ikki haftalik “ustaxona kunlari”da iştirok etadi. Keyin korxonada amaliyot va ongli kasb tanlovi keladi.
Federal bandlik agentligi 2019/2020 öquv yilidan butun mamlakatda “hayot davomida kasb maslahati” xizmatini joriy etgan. Maslahatçilar maktablarda işlaydi, öquvçi maslahatga ota-onasi bilan birga kelişi mumkin, ota-onalar uçun alohida tadbirlar va raqamli ota-onalar keçalari ötkaziladi.
Janubiy Koreyada esa örta maktabning birinçi yilida bir semestr davomida öquvçilar imtihonlarsiz kasb tadqiq qiliş bilan şuğullanadi. Bu tajribalardan “potensial tahlil”ni 7-sinfdagi taşxisga, “ustaxona kunlari”ni “Kasblar şaharçalari”dagi amaliy maşğulotlarga moslaştiriş mumkin.
Ayni jarayonda sohada xalqaro hamkorlik ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, Özbekiston va Germaniya örtasidagi kasbiy taʼlim böyiça hamkorlik tez rivojlanmoqda. 2026-yil aprelda Berlinda ilk bor ötkazilgan Özbekiston – Germaniya kasbiy taʼlim forumida 200 dan ortiq kişi iştirok etdi, 47 ta kelişuv imzolandi. Iyun oyida Özbekiston delegatsiyasi Bavariyada dual taʼlim tajribasini örgandi, özaro hamkorlik memorandumi tayyorlanmoqda. Qaşqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikumida esa yil yakuniga qadar 500 nafar yoşni nemis tiliga öqitib, Germaniyada haq tölanadigan amaliyotga yuboriş közda tutilgan.
Bu hamkorlik doirasiga maktab bosqiçidagi kasbga yönaltiriş va ota-onalar bilan işlaş tajribasini ham kiritiş maqsadga muvofiq. Germaniyada amaliyot ötab qaytgan yoşlar esa öz mahallasida “kasb elçisi” va mentor bölişi mumkin.
Tört ustun bir-biridan alohida işlasa, imorat mustahkam bölmaydi. Şu bois idoralararo muvofiqlaştiruvçi kengaş, yagona natija körsatkiçlari va har yili eʼlon qilinadigan “Taʼlimning tört ustuni” milliy maʼruzasi kabi mexanizmlar zarur. Respublikada standart va moliya, hududda klasterlar va iş beruvçilar, maktab hamda mahallada bola va oila bilan bevosita iş muvofiqlaştiriladi.
Bolamiz “Kelajakda kim bölasan?” degan savolga işonç bilan javob berişi uçun bu savolni maktab ham, oila ham, mahalla ham berişi, javobni esa birgalikda izlaşi kerak. Ana şunda har bir yoş öz kasbini ongli tanlaydi, unga işonadi va şu yölda şiddat bilan harakat qiladi.
Sanjar MIRZALIYEV,
Özbekiston Respublikasi taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari.
ÖzA