Öqituvçilarning kasbiy sinovlari: 20 yillik tajriba yoşlardan ortda qoldi
Öqituvçilik faqat diplomning özi bilangina tanlanadigan kasb emas, balki yillar davomida töplangan tajriba, doimiy izlaniş, bilimni yangilaş va özgarib borayotgan taʼlim talablariga moslaşişni ham talab qiladigan murakkab soha. Pedagoglarni kasbiy sertifikatlaş jarayonida qayd etilgan körsatkiçlar sohadagi ayrim muhim savollarga eʼtibor qaratiş zarurligini körsatmoqda.
Bugun öqituvçiga qöyiladigan mezonlar amalda qanday natija bermoqda? 20 yillik tajriba bilimni baholaşda ustunlik beradimi?
Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, 2024–2026-yillarda jami 47 ming 936 nafar pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovlariga jalb etilgan. Biroq, ularning 18 ming 79 nafari, yaʼni 37,7 foizigina belgilangan talablarni bajarib, sertifikat olişga muvaffaq bölgan. Yana 7 ming 560 nafar pedagog sinovlarda iştirok etmagan. 1 ming 676 nafar pedagog sertifikat oliş uçun talab etilgan natijadan atigi bitta töğri javobga kam natija körsatgan.
Qayd etilişiça, 20 yil va undan ortiq iş stajiga ega pedagoglarning atigi 19,2 foizi sertifikat olgan. Kasbiy faoliyatini yaqinda boşlagan pedagoglar orasida esa bu körsatkiç 45,2 foizni taşkil etgan. Demak, yangi iş boşlagan öqituvçilarning sertifikatlaşdagi natijasi köp yillik tajribaga ega hamkasblarinikidan qariyb 2,4 barobar yuqori.
Şuningdek, ixtisoslaşgan oliygohlar bitiruvçilarining 37,2 foizi, anʼanaviy universitetlar bitiruvçilarining esa 39,9 foizi sertifikat olgan. Oliy taʼlim taşkilotlari kesimidagi körsatkiçlar örtasidagi tafovut 2,6 barobarni taşkil etgan. Eng yuqori natija Samarqand davlat çet tillar instituti bitiruvçilari hissasiga töğri kelib, ularning 58,2 foizi kasbiy sertifikatga ega bölgan.
Şu örinda savol tuğiladi: Qaysi fanlarda natijalar past?
Taʼkidlanişiça, fanlar kesimidagi tahlil informatika, fizika va biologiya yönalişlarida sertifikat olgan pedagoglar uluşi nisbatan pastligini körsatdi. Uşbu fanlarning har birida sinovda iştirok etgan har 9 nafar pedagogdan atigi 2 nafari sertifikat olişga muvaffaq bölgan.
Keltirilgan natijalar pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini muntazam baholaş, ularning bilim va könikmalarini rivojlantiriş, şuningdek, pedagog kadrlar tayyorlaş tizimidagi mavjud yondaşuvlarni qayta körib çiqiş muhimligini körsatadi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA