Ziyoli — millat maʼnaviyati va taraqqiyotining buyuk tayançi
Har bir millatning taraqqiyoti, maʼnaviy yuksalişi va kelajagi, avvalo, uning ziyolilari, ilm-fan va maʼrifat ahli bilan çambarças boğliq. Ziyoli — bu şunçaki maʼlumotli inson emas, balki jamiyatning maʼnaviy qiyofasini şakllantiruvçi, xalqni ezgulikka çorlovçi, ilm va tafakkur orqali taraqqiyotga yöl oçuvçi fidoyi şaxsdir.
Tarixga nazar taşlasak, xalqimizning boy maʼnaviy merosi, ilm-fan va madaniyat sohasidagi ulkan yutuqlari zamirida buyuk mutafakkirlar, olimlar, şoirlar va maʼrifatparvar ziyolilarning beqiyos xizmatlari turganini köramiz. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy kabi allomalar nafaqat öz davrining, balki butun insoniyat sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qöşganlar. Ularning ilmiy va maʼnaviy merosi bugungi kunda ham öz ahamiyatini yöqotmagan.
Ziyolilarning jamiyatdagi eng muhim vazifalaridan biri — ilm-maʼrifatni tarğib qiliş, yoş avlodning dunyoqaraşini kengaytiriş va ularda mustaqil fikrlaş qobiliyatini şakllantirişdir. Çunki ilmli, keng tafakkurli va yuksak maʼnaviyatli avlodgina mamlakatning barqaror taraqqiyotini taʼminlay oladi. Şu maʼnoda, ziyoli inson öz bilimi va tajribasini faqat şaxsiy manfaatlari yölida emas, balki xalq va Vatan ravnaqi uçun sarflaşi lozim.
Ayniqsa, bugungi globallaşuv va axborot oqimi jadallaşgan davrda ziyolilarning masʼuliyati yanada ortib bormoqda. Turli ğoyaviy taʼsirlar, yot qaraşlar va axborot xurujlari kuçayib borayotgan şaroitda jamiyatda soğlom fikr, xolis munosabat va maʼnaviy barqarorlikni taʼminlaşda ziyolilarning örni beqiyosdir. Ular jamiyatda ilmga hurmat, qonunga itoat, adolatga intiliş, bağrikenglik va özaro hurmat kabi qadriyatlarni mustahkamlaşga xizmat qilişi zarur.
Şu bilan birga, ziyolilik maqomi muayyan ilmiy daraja yoki kasbiy mavqe bilan çeklanmaydi. Ziyolilik, avvalo, yuksak axloq, vijdon, masʼuliyat, haqiqatparvarlik va xalq taqdiriga daxldorlik tuyğusida namoyon böladi. Haqiqiy ziyoli jamiyatdagi muammolarga befarq qaramaydi, adolatsizlikka nisbatan öz munosabatini bildiradi, ezgu taşabbuslarni qöllab-quvvatlaydi va öz faoliyati bilan boşqalarga ibrat böladi.
Ziyolilar va jamiyat örtasidagi munosabat ham özaro işonç va hurmatga asoslanişi kerak. Jamiyat ziyolilarning ilmiy, ijodiy va maʼrifiy faoliyatini qadrlaşi, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşi muhim. Ayni paytda ziyolilar ham xalqning dardu taşvişlarini anglaşi, jamiyat ehtiyojlarini çuqur his qilişi va öz bilim salohiyatini umumiy taraqqiyot manfaatlariga yönaltirişi lozim.
Bugungi kunda yangi Özbekistonni barpo etiş, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va maʼnaviy taraqqiyotini taʼminlaşda ziyolilarning örni va hissasi beqiyosdir. Çunki har qanday davlatning kelajagi, avvalo, uning ilm-fani, maʼrifati, maʼnaviyati va intellektual salohiyatiga boğliq.
Xulosa qilib aytganda, ziyolilar — millatning maʼnaviy tayançi, jamiyatning fikriy yetakçilari va kelajak taraqqiyotining muhim harakatlantiruvçi kuçidir. Qaysi jamiyatda ilm ahli qadrlansa, fikr erkinligi qöllab-quvvatlansa va maʼrifat ustuvor ahamiyat kasb etsa, öşa jamiyatda taraqqiyot, adolat va barqarorlik uçun mustahkam zamin yaratiladi.
Şuhrat Bafayev,
Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazi
Toşkent şahar hududiy bölinmasi rahbari