Taekvondo(ITF): Toshkentda mamlakat chempionlari aniqlanadi
Ertaga, 5 mart kuni poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida taekvondo ITF bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlanadi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida chempionat oldidan jamoa vakillari hamda murabbiy va hakamlar uchun mandat komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 6 martga qadar davom etadigan O‘zbekiston chempionatida mamlakatimizning barcha hududlaridan 1 ming 500 nafardan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Mazkur chemponatda munosib ishtirok etgan sportchilar joriy yilning 1-5 iyun kunlari Italiyaning Sardiniya orolida o‘tkaziladigan Jahon chempionatida ishtirok etishi kutilayotgan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod sifatida ro‘yxatga olinadi.
O‘zA