Taekvondochilarimiz shohsupaga koʻtarildi
Belarus poytaxti Minsk shahrida taekvondo (ITF) boʻyicha kadetlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida jahon kubogi oʻtkazildi.
Belarus poytaxti Minsk shahrida taekvondo (ITF) boʻyicha kadetlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida jahon kubogi oʻtkazildi.
Unda 18 davlatdan kelgan 2 ming nafarga yaqin sportchi gʻoliblik uchun bahslashdi.
Mamlakatimiz sharafini himoya qilgan 53 nafar taekvondochi 18 tadan oltin va bronza, 9 kumush medalni koʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.