Taekvondochilarimiz AQSHda zafar quchdi
Xabar berganimizdek, AQSHning Nyu-York shahrida taekvondo ITF bo‘yicha “Big Apple” xalqaro turniri o‘tkazildi.
O‘n oltinchi bor tashkil etilgan musobaqada mamlakatimizning ikki nafar sportchisi AQSH, Kanada, Kosta-Rika, Dominikan Respublikasi, Meksika, Gonduras, Argentina vakillari bilan taekvondoning uch yo‘nalishida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, musobaqaning tul bahslarida o‘z vaznlarida Abdujabbor Hamidullayev oltin, Oybek Jalilov kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Oybek Jalilov massogi bahslarida ham kumush medalni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
Okean ortida zafar quchgan sportchilarimiz sharafiga mamlakatimiz bayrog‘i ko‘tarilib, O‘zbekiston madhiyasi yangradi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA.