Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça qonunçilik takomillaştiriladi
Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qömitasi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik subʼektlarini yanada qöllab-quvvatlaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Qonun bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarida soliq imtiyozlaridan foydalanişning uzluksizligi taʼminlanişi, kiçik biznes subʼektlari yanada qöllab-quvvatlanişi, ularga zarur şart-şaroitlar yaratilişi belgilanmoqda.
Ayrim hududlarda faoliyat yurituvçi tadbirkorlarga qulay şart-şaroitlar yaratilişi, soliq maʼmuriyatçiligi yaxşilanişi, Yaşil xayriya jamğarmasiga ajratiladigan ixtiyoriy xayriya tarzidagi mablağlar hamda yaşil boğlarni barpo qiliş va ularni parvarişlaş tadbirlari uçun yönaltirilgan xarajatlar soliqdan ozod qilinişini nazarda tutuvçi tuzatişlar kiritilmoqda.

Taʼlim taşkilotlarida foydalaniş uçun vakolatli davlat organi tomonidan tavsiya etilgan öquv-uslubiy majmuani va boşqa öquv materiallarini, şu jumladan, raqamli va audiovizual şakldagi öquv materiallarini realizatsiya qilgan tadbirkorlik subʼektlari aylanma soliq solişdan ozod etilmoqda.
Senatorlar qonun soliq imtiyozlaridan samarali foydalaniş yaşil maydonlarning kengayişiga, aholini ijtimoiy himoya qiliş va uning daromadlarini oşirişga, havoning sifatini yaxşilaş hamda iqlim özgarişining salbiy oqibatlarini yumşatişga xizmat qilişiga alohida eʼtibor qaratdi.
N.Abduraimova,
ÖzA