"Özbekneftgaz" eksporti ön oyda rejadan 46,4 foizga oşdi (+video)
Davlat kompaniyasi çetga 803,7 million dollarlik mahsulot sotdi, bu rejadan qariyb 255 million dollar köp. Özbekiston davlat byudjetiga 7,9 trillion söm tölandi.
Özbekistonning davlat neft-gaz kompaniyasi axborot xizmati maʼlumotlariga köra, 2026-yil yanvar–oktabr oylarida " Özbekneftgaz AJ 803,7 million dollarlik mahsulot eksport qildi, eksport rejasi 146,4 foizga bajarildi. Bu raqamlardan kelib çiqadiki, yanvar–oktabr uçun eksport rejasi qariyb 549 million dollar bölgan, yaʼni kompaniya uni taxminan 255 million dollarga oşirib bajargan.
Tovar mahsulotlarini işlab çiqariş rejasi 103,7 foizga bajarildi, ösiş surʼati 107,5 foizni taşkil etdi. Investitsiyalarni özlaştiriş rejasi töliq, işlab çiqarişni mahalliylaştiriş rejasi esa 129,5 foizga bajarildi. Mahsulot tannarxi 2,1 trillion sömga qisqartirildi.
Ön oyda davlat byudjetiga 7,9 trillion söm tölov amalga oşirildi. Suyuq uglevodorodlar qazib çiqariş hajmi 1 million 16 ming tonnaga yetdi. Avtobenzin, dizel yoqilğisi, suyultirilgan gaz, aviakerosin, oltingugurt va polietilen işlab çiqariş rejalari ortiği bilan bajarildi. Kompaniyaning ESG bahosi 50 balldan 55 ballga kötarildi.
Yil yakuniga qadar “Özbekneftgaz "” 22,8 milliard kub metr tabiiy gaz qazib çiqarişi kerak. Muborak, Şörtan, Gazli va Ustyurt neft va gaz qazib çiqariş boşqarmalari joyida örganilib, 459 banddan iborat çora-tadbirlar qabul qilindi. Ular kunlik gaz qazib çiqarişni qöşimça 3,4 million kub metrga oşirişi közda tutilgan.
Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, ÖzA