Yomğir bahonasida oçilib qolgan kamçiliklar qaçon eʼtiborga olinadi?
Yöl-yölakay...
Yoğingarçilik mavsumi boşlanişi bilan şahar köçalaridagi asl manzara yuzaga çiqadi. Yoqqan yomğir obodonlaştiriş tizimidagi kamçiliklarni va nazorat susayganini yuzaga çiqaradi. Vaqtida tozalanmagan ariqlar suvga emas, çiqindiga töladi.
Poytaxtimizning Mirzo Uluğbek tumani, Yuzrabot köçasidagi gavjum bekatda ham bir neça oydan buyon şu holat hukmron. Avtobus qatnovi uzilmaydigan bu joyda köp vaqtdan beri oddiygina çiqindi qutisi yöq.
Yölovçilar qölidagi idiş yoki qoğozni qayerga taşlaşni bilmay, bekat yonidagi ariqqa uloqtirişga majbur. Oqibatda har sutkada tozalanişi şart bölgan ariqda çiqindilar haftalab uyulib yotadi. Poytaxtning markaziy hududlaridan birida bu manzaraning uzoq davom etişi kişini öyga toldiradi.

Eng yomoni, hudud ozodaligi nazoratsizday tuyuladi. Odamlarning murojaatlari esa eʼtiborsiz qoladi. Tuman obodonlaştiriş boşqarmasi dispetçerlik xizmati göyoki şikoyatlarni şunçaki daftarga qayd etuvçi vositaga aylanib qolgandek. Bekatga urna örnatişni sörab qilingan murojaatlardan söng roppa-rosa beş oy ötdi. Masʼul xodimlardan biri muammoni hal qiliş uçun yana muhlat söraydi.
Masalaning ildizini örganganimizda, bitta çiqindi qutisining yöqligi ortida butun boşli obodonlaştiriş tizimidagi taşkiliy va ijtimoiy muammolar yotganiga guvoh bölasiz.
Kuzatuvlarimizga köra, sohada kadrlar va mablağ yetişmovçiligi yaqqol közga taşlanadi. Avvalo, hududlarga biriktirilgan işçilar tez-tez markaziy köçalar yoki boşqa hududlarga jalb qilinib, mahalla va içki bekatlar qarovsiz qoladi. Şuningdek, ştat birliklari kam. Butun boşli katta mavzeni tozalaş uçun bor-yöği tört-beş işçi töğri keladi.
Jismonan ularning bunga qurbi yetmaydi. Qolaversa, oddiy çiqindi qutilarini yangilaş tugul, soha xodimlarining mehnat şaroitlari ham oğir. Oylik maoşlar ham yuqori emas. Mehnat kodeksida tuşlik tanaffusi belgilangan bölsa-da, maxsus isiniş yoki ovqatlaniş joylari yöqligi sababli işçilar yöl çetida, daraxt soyasida tamaddi qilişga majbur.
Ozoda va körkam köçalarimiz ortida şu oddiy işçilarning maşaqqatli mehnati yotibdi. Biroq tozalikni taʼminlaşi kerak bölgan taşkilotning özi mablağ va ştat tanqisligidan qiynalar ekan, Yuzrabot köçasidagi kabi çiqindiga töla ariqlar manzarasi takrorlanaveradi.

Uşbu maqolani tayyorlaşda şu tizimning quyi böğinida işlaydiganlar bilan suhbatlaşdik. Bu muloqotlarimiz asosida tuğilgan fikrlarimiz öz dardini aytgan xodimlarga jazo bölib bormasligi kerak.
Yöl-yölakay aytilgan fikrlarimiz ortidan mana şunday köçalardagi muammolar hal bölişini istaymiz. Biz misol keltirgan bekatga esa çiqindi qutisi örnatiş va hudud tozaligini taʼminlaş muammosini tezkor hal etiladi degan umiddamiz. Bu masalalar yuzasidan tuman hokimligi, obodonlaştiriş boşqarmasidan amaliy yeçim kutib qolamiz.
Mohiçehra Eşmirzayeva, ÖzA