Tabiat nafasi, ranglar jozibasi va ijod sirlari...1-qism
“Rassom ustaxonasi” loyihasining navbatdagi sonida tabiatning betakror nafasi va go‘zalligini ranglar tilida kuylagan, mo‘yqalami orqali ona zamin jozibasini yuraklarga olib kira olgan mohir rassom Anvar Bobo bilan samimiy va mazmunli ijodiy suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida san’atkor o‘z ijod olami, tabiatga bo‘lgan mehri, ilhom manbalari hamda rassomlik sirlari haqida qiziqarli mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
U 2002-yilda “Vatan”, 2004-yilda “Bahor”, 2025-yilda esa “A-Kvant” nomli ko‘rgazmalari o‘tkazilib, rassomning turli davrlardagi ijodiy izlanishlari namoyish etildi. Anvar Boboqulov asosan peyzaj, natyurmort va portret janrlarida ijod qiladi. Uning har bir asarida tabiat go‘zalligi, inson ruhiyati va milliy qadriyatlarga bo‘lgan yuksak ehtirom mujassam.
2025-yilda Qozog‘istonda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro “10-Katta Ulus” festivalida Oltin medal bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Kumush medali sohibi.
Rassomning asarlari nafaqat O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida, balki Janubiy Koreya, Fransiya, Xitoy, Qozog‘iston, Germaniya, Italiya, Belgiya, AQSH va Yaponiyadagi xususiy galereyalar hamda shaxsiy kolleksiyalarda ham munosib o‘rin egallagan. Bu esa uning ijodi milliy chegaralardan chiqib, xalqaro san’at maydonida ham qadrlanayotganining yorqin dalilidir.
Batafsil video davomida:
<iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/UvOyqaREhgc" title="Rassom ustaxonasi: Anvar Bobuqulov 1-qism" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Munira Ramazonova, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA