Madaniy meros sohasidagi davlat boshqaruvi tizimi takomillashtiriladi
Shu yil 23-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Mazkur qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlarini aniqlashtiruvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Madaniy meros agentligi moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi.
Moddiy madaniy meros ob’ektlarining aniqlanishini, hisobga olinishini, muhofaza qilinishini, targ‘ib qilinishini va ulardan foydalanilishini ta’minlaydi.
Moddiy madaniy meros ob’ektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etadi va amalga oshiradi.
O‘zA