Surxondaryolik sudyalar bahslashdi
Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Sana munosabati bilan Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda viloyat sudlari sudyalari va sud xodimlari sportning shaxmat, stol tennisi va mini-futbol turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.


Bu haqda O‘zAga xabar bergan Surxondaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti Asqar Qudratovning ta’kidlashicha, viloyat sudlarida sportning ommaviyligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.



Musobaqa yakunida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri