Surxondaryoda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi
Surxondaryoda Davlat xavfsizlik xizmati katta miqdordagi giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga çek qöydi. Çegaradan olib ötilgan 5 kilogrammdan ortiq opiy musodara qilinib, ikki şaxs qölga olindi.
Mamlakatimizda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş borasida tizimli va qatʼiy çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Xususan, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdordagi narkotik modda musodara qilindi.
Maʼlum qilinişiça, DXX Çegara qöşinlari hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi bilan hamkorlikda Termiz tumanida tezkor tadbir taşkil etilgan. Uning davomida Termiz şahrida yaşovçi, 1972 va 1995-yillarda tuğilgan ikki nafar fuqaro jami 5 dona öramdagi, umumiy oğirligi 5 kilogramm 362 gramm bölgan «opiy» moddasini şartli xaridorga sotayotgan paytida qölga olingan.
Aniqlanişiça, uşbu giyohvandlik vositalari ularga qöşni Afğonistondagi narkokurerlar tomonidan yetkazib berilgan. Şuni ham taʼkidlaş joizki, gumon qilinuvçilarning biri muqaddam öğirlik, ikkinçisi esa giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyat sodir etgani uçun ilgari sudlangan şaxslar hisoblanadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
ÖzA