Nukusda xalqaro kimyo olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi
Joriy yilning 3-10-noyabr kunlarida Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi (ARBIChO) bölib ötdi.
Bir qator mamlakatlardan taşrif buyurgan maktab öquvçilarining deyarli bir hafta davomida kimyo faniga oid nazariy bilimlari va amaliy könikmalarini sinovdan ötkazişdi.
Xalqaro kimyo olimpiadasi yakunida ğoliblarni tantanali taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi qömita raisi Murat Atamuratov, Özbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari Mehriniso Pardayeva, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining birinçi vitse-prezidenti Şomansur Sagdullayev, Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Sevara Şakirova, Fan olimpiadalari markazi direktori, ARBIChO 2026 Taşkiliy qömitasi raisi Töraboy Şermatov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Amanjol Ayapov iştirok etdi.
[gallery-32434]
Xalqaro olimpiada yakunida Qozoğistondan Abdizhan Ibraimov, Rossiyadan Ivan Ovçinnikov, Mixail Inozemsev, Vladislav Kolmakov Diniyar Galimov, Ibragim Şaikhutdinov, Isroildan Arbel Adar, Turkmanistondan Palvan Ilmammedov, mamlakatimiz vakillari Zulayho Ergaşboyeva, Şodiyona Abdulmaxmudova, Fozilbek Riskulov va Jasur Mustafoyevlar oltin medalga sazovor böldi. Özbekiston terma jamoasi aʼzolari 4 ta oltin, 6 ta kumuş va 6 ta bronza, jami 16 medal hamda amaliy sinov böyiça töliq ğalabani qölga kiritdi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi III Xalqaro kimyo olimpiadasi iştirokçilari Xivadagi qadimiy va betakror meʼmoriy obida – Içan qalʼaga taşrif buyurdi. Mehmonlar xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va betakror meʼmoriy merosi bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldi.
– Nukus şahrida birinçi marta bölişim ham menda katta taassurot qoldirdi. Xalqaro olimpiada yuqori saviyada taşkil etilgan. Iştirokçilar puxta tayyorgarlik bilan kelişgan. Özim bronza medalini olişga muvaffaq böldim. Kelgusida oltin medal olişga harakat qilaman, – deydi Qirğizistondan kelgan maktab öquvçisi Uluğbek Toktegenov.
Maʼlumot örnida, uşbu xalqaro olimpiadada oltin medal sohibiga – 12 bazaviy hisoblaş miqdori (5 million 280 ming söm), öqituvçisiga – 50 bazaviy hisoblaş miqdori (22 million söm), kumuş medal sohibiga – 8 bazaviy hisoblaş miqdori (3 million 520 ming söm), öqituvçisiga – 35 bazaviy hisoblaş miqdori (15 million 400 ming söm), bronza medal sohibiga – 6 bazaviy hisoblaş miqdori (2 million 640 ming söm), öqituvçisiga – 30 bazaviy hisoblaş miqdori (13 million 200 ming söm) da bir martalik pul mukofoti beriladi.
Xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiada ğoliblari oliy öquv yurtlariga kirişda öz fanidan maksimal ballga ega böladi. Şuningdek, ğoliblarning ustozi bevosita oliy toifa oladi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), ÖzA