OKMK va Migratsiya agentligi örtasida hamkorlik kelişuvi imzolandi
Mamlakatimizda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etiş hamda fuqarolarning taşqi mehnat bozorlarida raqobatbardoşligini oşiriş maqsadida muhim hujjat imzolandi. Xususan, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ örtasida ikki tomonlama Hamkorlik kelişuvi rasmiylaştirildi.
Mazkur kelişuvning asosiy maqsadi xorijda sanoat, işlab çiqariş va quriliş sohalarida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amaga oşiriş istagida bölgan fuqarolarni xorijiy iş beruvçilarning talablari va xalqaro standartlar asosida tayyorlaşdan iborat. Bu borada OKMK Muhandislik maktabida taşkil etiladigan maxsus kurslar muhim poydevor bölib xizmat qiladi. Nomzodlar uşbu kurslarda xorij davlatlari standartlariga mos ravişda til örganiş va kasbiy-malakaviy könikmalarini şakllantiriş imkoniyatiga ega böladilar. Malaka oşiriş dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan fuqarolarga xorijda iş topiş va bandligini taʼminlaş borasida Agentlik va OKMK tomonidan tizimli ravişda konsultativ hamda axborot kömagi körsatib boriladi.
Hujjatga köra, Migratsiya agentligi xorijiy davlatlardagi böş iş örinlari haqida fuqarolarni xabardor qiladi, öqişni bitirganlarni çet elga ketişdan oldin moslaştiriş çoralarini köradi va Muhandislik maktabiga salohiyatli iş beruvçilarning tanlov jarayonlari haqida maʼlumot taqdim etadi.
«Olmaliq KMK» AJ esa öz navbatida çet elda işlaş istagidagi fuqarolar uçun maxsus öquv dasturlarini işlab çiqadi va unga yuqori malakali öqituvçi-mutaxassislarni jalb etadi.
Uşbu strategik şeriklik mamlakatimizda taşqi mehnat migratsiyasi yönalişlarini kengaytiriş va yurtimiz fuqarolari uçun xavfsiz hamda kafolatlangan mehnat şaroitlarini yaratişda muhim qadam bölib xizmat qiladi.
Axborot xizmati