Superligada bugun 24-tur start oladi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 24-tur uchrashuvlari 15–17-oktabr kunlari o‘tkaziladi. Bugun mazkur tur doirasida ikkita o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Andijon shahridagi «Bobur Arena» stadionda «Andijon» — «Qizilqum» jamoalari raqobatlashsa, G‘uzorda "Mash’al" va OKMK klublari kuch sinashadi. Har ikki bahs ham soat 19:00 da start oladi.
Ertaga – 16-oktabr kuni soat 19:00da «Bunyodkor» — «So‘g‘diyona», «Qo‘qon-1912» — «Neftchi» va «Surxon» — «Xorazm» uchrashuvlari o‘tkazilsa, 17-oktabr kuni soat 18:00 da «Lokomotiv» — «Nasaf» bahsi boshlanadi. Shu kuni soat 19:00 da esa «Dinamo» — «Buxoro» hamda «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 23-tur uchrashuvlarida qayd etilgan natijalardan so‘ng «Paxtakor» ochkolari sonini 52 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamga aylandi. Xuddi shuncha ochko to‘plagan «Neftchi» o‘zaro uchrashuvlardagi natijalarga ko‘ra ikkinchi o‘rinda qoldi. «Navbahor» 45 ochko bilan kuchli uchlikni yakunladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA