Gandbol: Özbekiston ayollar jamoasi Janubiy Koreya bilan kuç sinaşadi
Bugun, 23-noyabr kuni Qozoğistonning Olmaota şahrida gandbol böyiça ayollar jamoalari örtasida 21-Osiyo çempionati bahslari boşlanadi.
Kelgusi yili Vengriyada bölib ötadigan jahon çempionatining 4 ta yöllanmasi öynaladigan mazkur qitʼa çempionatida Osiyoning 10 ta mamlakat terma jamoalari “A” va “B” guruhlarida özaro raqobatlaşadi.
“A” guruhida Yaponiya, Eron, Xitoy, Gonkong va Tailand jamoalari kuç sinaşsa, “B” guruhida Janubiy Koreya, Qozoğiston, Hindiston, Avstraliya, va Özbekiston jamoalari bahs olib boradi.

Bugun Özbekiston ayollar terma jamoasi guruh bosqiçidagi ilk öyinni Janubiy Koreyaga qarşi ötkazadi.
Aytiş lozim, Janubiy Koreya jamoasi 16-marta qitʼa çempionligini qölga kiritgan jamoa hisoblansa, Yaponiya terma jamoasi gandbol böyiça amaldagi qitʼa çempioni sanaladi.
Çempionat taqvimiga köra, Özbekiston terma jamoasi guruhdagi keyingi öyinni 25-noyabr kuni Qozoğiston, 27-noyabr Avstraliya va 28-noyabr kuni Hindiston jamoalariga qarşi ötkazadi.
21-Osiyo çempionati musobaqalari 3-dekabrga qadar davom etadi.
T.Röziyev,
ÖzA