Sudda amaliy mashg‘ulot tashkil etildi
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan “Yurisprudensiya” yo‘nalishi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida ko‘chma amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
“Davlat-huquqiy fanlarning dolzarb masalalari” moduli doirasidagi mashg‘ulotda 2026-yil sentabr oyida an’anaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan tinglovchilar ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar sud ishlarini yuritishda amaliy materiallardan foydalanish usullarini o‘rgandi. Shuningdek, malakali yuridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash amaliyoti yuzasidan fikr almashdi.
Qayd etilganidek, mazkur mashg‘ulot tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash hamda kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari yuriskonsultlari uchun Adliya vazirligida amaliyot tashkil etildi. Amaliyot yuriskonsultlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, yuridik xizmat faoliyatiga oid tajribalarini boyitishga qaratildi.
Mashg‘ulotlar nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda harbiy qismlarda huquqiy ishlarni samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA