Sportchilarimiz xalqaro maydonlarda
Shu haftaning oʻzida bir necha sport turlari boʻyicha vakillarimiz qator xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Shu haftaning oʻzida bir necha sport turlari boʻyicha vakillarimiz qator xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Jumladan,
* Eronning Karaj shahrida slalomda eshkak eshish boʻyicha 23 yoshgacha boʻlgan va undan kichik yoshdagi sportchilar oʻrtasida Osiyo chempionati boshlandi. 6 noyabrga qadar davom etadigan nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qilishmoqda:
Abubakir Bukanov
Barkamol Mirzahamdamov
Jonibek Temirgaliyev
Sirojiddin Qoʻchqorov
David Ernest
Ismoilbek Abdumannopov
* KechaTurkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati start oldi.
Tokio 2020 Olimpiya oʻyinlari uchun litsenziya taqdim etuvchi dastlabki musobaqa sifatida ahamiyatga ega boʻlgan bahslarda jahonning 88 mamlakatidan 604 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Eʼtiborli jihati, nufuzli musobaqada birinchi marta yangi vazn toifalari qoʻllanilmoqda.
Erkaklar oʻrtasidagi bahslarda -61 kg, -67 kg, -73 kg, -81 kg, -96 kg, -109 kg va +109 kg;
ayollar oʻrtasida esa -49 kg, -55 kg, -59 kg, -64 kg, -76 kg, -87 kg va +87 kg vaznlilar kurash olib borishyapti.
Oʻzbekiston terma jamoasining tarkibi quyidagicha:
Erkaklar:
Adhamjon Ergashev (-61 kg), Doston Yoqubov (-67 kg), Muhammadqodir Toshtemirov (-73 kg), Sunnatillo Oʻsarov (-89 kg), Zaynobiddin Mahamadaminov (-89 kg), Akbar Joʻrayev (-102 kg), Ruslan Nurutdinov (-109 kg), Rustam Jangabayev (+109 kg).
Ayollar:
Muattar Nabiyeva (-55 kg), Kumushxon Fayzullayeva (-64 kg), Tursunoy Jabborova (-81 kg), Dolera Davronova (-87 kg).
* Ertaga Qozogʻistonning Aktau shahrida dzyudo boʻyicha Osiyo ochiq kubogi start oladi.
Qitʼamizning oʻndan ziyod mamlakatidan yuz nafardan ziyod sportchi ishtirok etadigan musobaqada yurtimiz nomidan quyidagilar gilamga chiqishadi:
Doniyor Sultonboyev (-60 kg), Kemran Nurilloyev (-60 kg), Rahimjon Subhonov (-66 kg), Sindor Nurilloyev (-66 kg), Sanjar Bahromov (-73 kg), Maqsad Toshmurodov (-81 kg), Akmal Najmiddinov (-81 kg), Nozima Roʻziyeva (-63 kg).
Murabbiylar - Tohir Fayziyev, Abduvosiq Toshmatov.