Sport vazirligi xodimlari “Avtomobilsiz kun” aksiyasida faollik ko‘rsatdi
Davlatimiz rahbarining joriy yil 25-martdagi tegishli farmoniga muvofiq, shu yil 1-maydan har oyning 10 va 25 sanalarida respublika hududida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilishi belgilandi.
Mazkur tashabbus sabab kuni kecha mamlakatimizdagi bir qator davlat tashkilotlari va vazirlik, hokimlik hamda tegishli tashkilot rahbarlari qat’iy tartib va talablarga asoslangan umummilliy loyiha –“Avtomobilsiz kun tadbirida faol ishtirok etdi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov hamda vazirlik markaziy apparati xodimlari 25-may kuni ishga jamoat transporti, piyoda hamda ekologik toza transport vositalari orqali kelib, ekologik madaniyatni targ‘ib qilish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissalarini qo‘shdi.
Ta’kidlash joizki, “Avtomobilsiz kun” aksiyasi atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli emissiyalarni kamaytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholi o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA