Samarqandlik o‘smir qizlar sohil voleyboli bo‘yicha bellashdi
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda sportni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida uch bosqichli «Prezident olimpiadasi» sport musobaqalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni terma jamoalar uchun munosib zaxira sifatida tayyorlash maqsadida tashkil etilgan keng ko‘lamli sport musobaqasining ilk bosqichi tuman va shahar miqyosida o‘tkaziladi. Ushbu bosqichda muvaffaqiyat qozongan mahoratli yosh sportchilar ikkinchi bosqich — «Viloyat hokimi olimpiadasi»da o‘zaro bahs olib borishadi.
Ayni paytda Samarqand viloyatida sportning 19 turi bo‘yicha «Viloyat hokimi olimpiadasi» sport musobaqalari davom etmoqda.
[gallery-29644]
E’tiborlisi, mazkur musobaqa doirasida sohil voleyboli sport turi bo‘yicha ham bahslar tashkil etildi. Ikki nafar sportchidan iborat jamoalar g‘oliblik uchun bellashgan sport turi yangi bo‘lsa-da, ishtirokchi yoshlarni o‘ziga rom etdi.
13 va 14 yoshli o‘smir qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa yakunida birinchi o‘rinni urgutlik qizlar qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Ishtixon tumani jamoasi, uchinchi o‘rinni esa Paxtachi tumani qizlari egalladi.
Alisher ISROILOV (surat),O‘zA