Sport sinovlaridan ötgan faxriylarga kökrak nişonlari topşirildi
Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin tumanlarida jismoniy tayyorgarlik böyiça yuqori natijalarga erişgan faxriy sportçilarga I, II va III darajali «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» kökrak nişonlari topşirildi.
Mazkur tadbirlar aholi örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, şuningdek, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirişga qaratildi.
Marosimlarda belgilangan sport sinovlarini muvaffaqiyatli topşirgan faxriy sportçilar taqdirlandi. Ularga I, II va III darajali «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» kökrak nişonlari hamda esdalik sovğalari tantanali ravişda topşirildi.


Uşbu nişon Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş böyiça sport sinovlarini taşkil etiş va ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq taʼsis etilgan (Manba: Lex.uz). Taqdirlaş jarayonida iştirokçilarning sportga qiziqişi, jismoniy faolligi va erişgan natijalari alohida eʼtirof etildi.


Bunday taşabbuslar aholi örtasida soğlom turmuş madaniyatini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Şu bilan birga, fuqarolarni muntazam sport bilan şuğullanişga rağbatlantiradi. Bu esa jismonan faol va soğlom jamiyatni şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Abdujalol Qayumov, ÖzA