Londonda Özbekiston Oliy sudining SIFoCCga aʼzoligi eʼlon qilindi
Oliy sud raisi Robaxon Mahmudova va Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qiliş böyiça örinbosari Nodira Hakimova boşçiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaga amaliy taşrif bilan bordi.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudining Tijorat sudlarining doimiy xalqaro forumi (SIFoCC)ga aʼzoligi eʼlon qilinişiga bağişlangan marosim taşrifning markaziy tadbiri böldi.
Taşrif davomida Buyuk Britaniya sud-huquq tizimining nufuzli vakillari hamda xalqaro professional tuzilmalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazildi.
Jumladan, SIFoCC Boşqaruv guruhi raisi J.Vos va taşkilotning kundalik faoliyati uçun masʼul sudya R.Noulz, Angliya va Uels sudlari rahbari S.Karr, Odil sudlov maktabi raisi N.Grin hamda Xalqaro nizolarni hal etiş markazi ijroçi direktori D.Xikman bilan muloqotlar bölib ötdi.

Uçraşuvlarda keyingi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini takomillaştiriş, fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş, odil sudlov samaradorligini oşiriş va sudyalar hamjamiyatining rolini kuçaytiriş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning ustuvor yönalişlari haqida atrofliça fikr almaşildi.
Özbekiston delegatsiyasi va bir qator nufuzli xalqaro hamda Buyuk Britaniyaning kasbiy-huquqiy tuzilmalari vakillari iştirokida davra suhbati taşkil etildi. Unda Xalqaro maslahat va nizolarni hal etiş bölimi, Xalqaro advokatlar assotsiatsiyasi, Tijorat nizolari böyiça yuristlar forumi hamda Angliya va Uels advokatlar kengaşi vakillari iştirok etdi.
Davra suhbatida nizolarni muqobil hal etiş mexanizmlarini rivojlantiriş va ulardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, xalqaro tijorat nizolarini samarali hal etiş, advokaturaning rolini kuçaytiriş, şuningdek, sud faoliyatiga ilğor axborot texnologiyalarini joriy etiş kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Iştirokçilar tomonidan öz taşkilotlarining faoliyati, amalga oşirilayotgan loyihalar, töplangan amaliy tajriba hamda kelgusidagi taşabbuslarga bağişlangan taqdimotlar ötkazildi.
Taşrif dasturidan, şuningdek, sud jarayonlarini taşkil etiş va sud işlarini boşqariş, arbitraj va mediatsiya, şuningdek, sud işlarini yuritişda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş masalalariga bağişlangan seminarlar ham örin oldi.
London uçraşuvlari Özbekiston sud tizimining xalqaro professional muloqotdagi iştirokini kengaytiriş, xorijiy sud-huquq institutlari bilan özaro tajriba almaşiş va amaliy hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş yölidagi muhim qadam böldi.
Bunday muloqotlar ilğor xalqaro tajribani örganiş, uning eng samarali jihatlarini milliy sud amaliyotiga joriy etiş hamda odil sudlov sifatini yanada oşiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
N.Abduraimova,
ÖzA