Ijtimoiy yordam: eʼtibor aniq manzilga qaratilmoqda
Sönggi yillarda mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, kambağallikni qisqartiriş va har bir fuqaro uçun munosib turmuş şaroitini yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy himoya tizimini tubdan takomillaştiriş, yordamga muhtoj oilalarni aniqlaşda şaffoflik va manzillilikni taʼminlaş, ijtimoiy xizmatlarni aholiga yaqinlaştiriş borasida yangi mexanizmlar joriy etilmoqda.
Bu jarayonda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, kuz-qiş mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, ularning mavsumiy xarajatlarini yengillaştiriş maqsadida bir martalik moddiy yordam hamda kommunal xarajatlar uçun kompensatsiya tölovlari amalga oşirilmoqda.

– Eng muhimi, mazkur yordamlar aholining real ehtiyojlarini inobatga olgan holda, aniq mezonlar asosida manzilli tarzda yönaltirilmoqda, – deydi agentlikning Navoiy viloyati boşqarmasi Ijtimoiy tölovlar şuʼbasi mudiri Jasurbek Xudoynazarov. – Jumladan, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, şuningdek, reyestrga kiritilmagan bölsa-da, belgilangan mezonlarga mos keladigan, oilaviy daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining ikki barobaridan oşmaydigan hamda mahalla yettiligi xulosasi asosida ehtiyojmand deb topilgan oilalar qöllab-quvvatlanmoqda. Şu bilan birga, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz yaşovçi va yolğiz keksalar, nogironligi bölgan şaxslar hamda yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar yaşayotgan oilalarga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Navoiy viloyatida ham uşbu yönalişda izçil işlar olib borilmoqda. Amalga oşirilgan çora-tadbirlar natijasida 10 ming 442 ta oilaga suyultirilgan gaz xarajatlari uçun kompensatsiya tölovlari amalga oşirildi. Şuningdek, 126 ta oilaga kömir xaridi uçun kompensatsiya ajratildi. Bundan taşqari, 16 ming 557 ta oilaning elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarining bir qismini qoplaş maqsadida kompensatsiya mablağlari tölab berildi.
Mahalla yettiligi orqali ehtiyojmand oilalarni aniqlaş, ularning şaroitini örganiş va yordamni manzilli yetkaziş tizimi joylardagi haqiqiy holatni hisobga oliş imkonini bermoqda. Eng muhimi, bu saʼy-harakatlar inson manfaatlarini taʼminlaş, aholi farovonligini oşiriş va ijtimoiy himoya tizimini yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri