Sport gimnastikachilarimiz Xitoyda muvaffaqiyatga erishdi
Xitoyda sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida mahoratli sportchilarimizning sovrinli o‘rinlarni egallashi ortidan O‘zbekiston madhiyasi yangrab, bayrog‘imiz sarbaland bo‘ldi.
Shu kunlarda Xitoyda sport gimnastikasi bo‘yicha yoshlar va kattalar toifalaridagi Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 tadan oltin va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Har ikki medal sport otidagi mashq dasturida qo‘lga kiritildi. Kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarda O‘tkirbek Jo‘rayev eng yuqori ballni jamg‘argan bo‘lsa, yoshlar toifasida Timur Kamayev shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Musobaqalar davom etmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA