O‘zbekiston — Portugaliya uchrashuviga hakamlar tayinlandi
Futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichida O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasida kechadigan muhim uchrashuvni boshqaradigan hakamlar brigadasi nomi e’lon qilindi.
Futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqaradigan hakamlar brigadasi ma’lum qilindi.
Uchrashuvni bosh hakam sifatida marokashlik FIFA referisi Jalol Jayed boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Zakariya Brinsi va Mustafo Akarkad yordam beradi.
Shuningdek, bahsning to‘rtinchi va beshinchi rasmiy hakamlari vazifasini Janubiy Afrika Respublikasi vakillari Abongayl Tom hamda Zahele Sivela bajaradi.
Ma’lumot uchun, mundialning “K” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA