Sport akrobatikasi: Toshkentda Osiyo yulduzlari aniqlandi
Poytaxtimizda sport akrobatikasi bo‘yicha o‘tkazilgan “Osiyo yulduzlari” xalqaro turnirida qo‘shni mamlakatlarning mahoratli sportchilari qatorida rossiyalik akrobatlar sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qildi.
Sport akrobatlari uchun chinakam sport bayrami ko‘rinishi olgan shiddatli bahslar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 8 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, nufuzli turnirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Rossiya vakillari sovrinli o‘rinlarga ega chiqdi.
Terma jamoamiz a’zolaridan Muhammadbobur Ismoilov, Zikrulloh Ergashov, Shohruxbek G‘ofurjonov, Doston Najmiddinov, Doniyor Valiyev, Ilhombek Toshaliyev, Suxrobjon Amrullayev, Azizbek Zohidjonov, Abdulloh G‘aybullayev, Sabina Umarova, Zarina Mullaboyeva, Sevinch Qurbonova, Go‘zal Sultonova kabi sportchilarimiz “Osiyo yulduzlari” xalqaro turnirining kashfiyoti bo‘ldi.

Xalqaro turnir yakunida g‘olib va sovrindorlikka erishgan akrobatlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA