“So‘nggi qo‘ng‘iroq” yoshlarni mustaqil hayotga kuzatdi (+video)
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan olingan xabarga ko‘ra 25-may kuni respublikamizdagi 10 193 ta davlat umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari soat 8:00dan boshlandi ularda 4 mln nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.
Jumladan, poytaxtimizning Uchtepa tumanida joylashgan 229 o‘rta maktabda ushbu sanaga alohida tayyorgarlik ko‘rildi. Muassasa bayramona bezatilib, bitiruvchilarga unutilmas onlarni bag‘ishlash uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi. Davlatimiz madhiyasi yangrab, bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz umumta’lim maktablari bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Tadbirda yil davomida namunali xulqi va a’lo baholarga o‘qigan iqtidorli bitiruvchilar rag‘batlantirildi, iqtidorli o‘quvchilarning ota-onalari “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona” kabi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. Sport sohasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan 3 nafar o‘quvchi Sport vazirligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
2022-2023 o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berish tartibi joriy etildi. 2025-2026 o‘quv yili yakunida 1 093647 nafar 9-11-sinf bitiruvchisiga elektron shahodatnoma berilishi rejalashtirilgan. So‘zga chiqqanlar shu va sohada joriy qilingan o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumot berishdi. Maktabning ashula va raqs ansanbllari ishtirokidagi dasturlar tadbirga o‘zgacha bir fayz bag‘ishladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_gtk-lnXCQY" title="“So‘nggi qo‘ng‘iroq” yoshlarni mustaqil hayotga kuzatdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> Sanjar Toshpo‘latov, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA