Soliq intizomini mustahkamlash masalasi muhokama etildi
Xorazm viloyatin Xonqa tumanida soliq tushumlarini nazorat qilish hamda yashirin iqtisodiyotning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni tuman hokimi Ulug‘bek Davlatov boshqardi. Unda soliq tizimi xodimlari ishtirok etib, sohadagi mavjud muammolar, tushumlar samaradorligi va nazorat ishlari muhokama qilindi.



Tanqidiy va tahliliy ruhda tashkil etilgan yig‘ilishda mas’ullarga aniq vazifalar va topshiriqlar berildi. Tadbir davomida yashirin iqtisodiyot holatlarini bartaraf etish, soliq intizomini mustahkamlash hamda byudjet tushumlarini oshirish bo‘yicha taklif va fikrlar bildirildi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA