Sog‘lom jamiyat sari: Bosh davlat sanitariya vrachi kubogi (+video)
Sanepidqo‘mita tizimida “O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi kubogi” uchun futbol musobaqasi tashkil etildi.
Maydonda tezkor hujumlar, aniq uzatmalar, mustahkam himoya va hal qiluvchi gollar musobaqaga alohida shiddat bag‘ishladi.
Final kuni esa musobaqaning eng mas’uliyatli va hal qiluvchi bahslari bo‘lib o‘tdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan uchrashuvlarda ham, bosh sovrin uchun maydonga tushgan finalchilar o‘rtasida ham murosasiz kurash kechdi.
Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahslar yakuniga ko‘ra, Sanepidqo‘mita markaziy apparati jamoasi musobaqa g‘olibi sifatida kubokni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida faqat jamoalar emas, balki individual mahorati bilan ajralib turgan futbolchilar ham e’tirof etildi. “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng ko‘p gol urgan” va “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyalari sohiblari taqdirlandi.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/q2fJORxl4SI" title="Sog`lom jamiyat sari: Bosh davlat sanitariya vrachi kubogi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, O‘zA