«Söğdiyona» öz uyida «Dinamo» klubiga taslim böldi
Futbol böyiça Özbekiston Superligasining 27-turidan örin olgan «Söğdiyona» va «Dinamo» jamoalari örtasidagi öyin «Zomin» stadionida ötkazildi.
Azaliy raqiblar örtasidagi öyin mezbonlarning öta tezkor hisobni oçişi bilan boşlandi. Jumladan, öyinning ikkinçi daqiqasida Javohir Qahramonov raqib darvozasiga töpni joylab qöydi va «Söğdiyona»ni hisobda oldinga olib çiqdi. Gol ötkazib yuborganidan söng hujumlarni kuçaytirgan samarqandliklar birinçi bölim örtalarida muvozanatni tiklaşga erişdi. 32-daqiqada Artyom Radayevning uzatmasini Amadu Dumbuya golga aylantirdi.
Tanaffusdan keyin ham «Dinamo» hujumkor öyinni davom ettirdi. 73-daqiqada Anvarjon Hojimirzayev penaltidan aniq zarba yöllab, mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqdi. Oradan olti daqiqa ötib, Xaris Xaydareviçning uzatmasidan söng Rasul Yöldoşev töpni darvozaga joylab, samarqandliklarning ustunligini yanada oşirdi. Qolgan vaqtda hisob özgarmadi va «Dinamo» 3:1 hisobida ğalaba qozondi.
Şu tariqa, Uluğbek Baqoyev boşqarayotgan «Söğdiyona»ning ğalabasiz öyinlari seriyasi sakkiztaga yetdi. Jizzaxliklar oxirgi bor 5-sentabr kuni öz maydonida «Maşʼal»ni mağlub etgan edi. Şundan keyingi uçraşuvlarda jamoa «Xorazm», «Bunyodkor» va «Buxoro» bilan durang öynadi. OKMK, «Lokomotiv», «Nasaf» va Özbekiston kubogida «Andijon»ga qarşi bahslarda mağlub böldi. «Dinamo»dan uçralgan mağlubiyat esa uşbu salbiy seriyani davom ettirdi.
27-turdan keyin «Dinamo» oçkolari sonini 37 taga yetkazib, turnir jadvalida sakkizinçi öringa kötarildi. 30 oçkoga ega «Söğdiyona» esa 11-poğonada qoldi.
Bugun, 7-noyabr kuni Superliganing 27-turi doirasida yana uçta uçraşuv bölib ötadi:
16:00 — «Andijon» — «Lokomotiv»;
16:15 — «Maşʼal» — «Surxon»;
18:30 — «Qizilqum» — «Navbahor».
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA