Otabek Umarov nomzodi IKA Prezidentligiga tavsiya etildi
Bugun, 7-noyabr kuni Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida 70 ga yaqin davlatning mahoratli sportçilari iştirokida kuraş böyiça XV jahon çempionati bellaşuvlari boşlanadi.
Keça mazkur jahon çempionati doirasida ötkazilgan Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi (IKA)ning navbatdagi XXII kongressida Özbekiston Respublikasi sport vazirligi va Milliy olimpiya qömitasi mutasaddilaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi iştirok etdi.
Yiğilişda assotsiatsiya rahbariyatining hisobotlari tinglanib, 2025-2026-yillarda amalga oşirilgan işlar sarhisob qilindi.

Muhokamalar jarayonida taʼkidlanganidek, ötgan yillar davomida ötkazib kelinayotgan turnir va çempionatlar kuraş sportining texnik-taktik tamoyillarini yanada rivojlantiriş lozimligini körsatmoqda.
Bildirilgan fikrlar, takliflar asosida kuraş böyiça musobaqalarni taşkil etiş qoidalariga özgartirişlar kiritiş, hakamlik va reyting tizimini takomillaştiriş masalalari muhokama qilinib, zarur tavsiyalar ilgari surildi.
Kongressda sözga çiqqan Osiyo olimpiya kengaşi vitse-prezidenti, Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Otabek Umarov ota-bobolarimizdan meros kuraşni xalqaro maydonda rivojlantiriş, uning ommaviyligini taʼminlaş borasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti, MOQ raisi, Xalqaro kuraş assotsiatsiyasining faxriy Prezidenti Şavkat Mirziyoyev boşçiligida keng kölamli işlar amalga oşirilganligini, bugungi kunda 100 dan ortiq mamlakatda 30 millionga yaqin inson kuraş bilan şuğullanayotganini taʼkidlab, uni Olimpiya öyinlari dasturiga kiritiş ustuvor vazifa ekanligini qayd etdi.
Aytiş lozimki, Xalqaro kuraş assotsiatsiyasining belgilangan nizomiga muvofiq, IKAning 2027-yilgi kongressida taşkilotga yangi prezident saylanişi, uşbu vazifaga nomzodlar XXII kongress yiğilişida körsatilişi nazarda tutilgan.

Kongressda 2027-yilda bölib ötadigan Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi Prezidenti va boşqaruv qömitasi aʼzoligi uçun nomzodlar masalasi ham körib çiqildi.
Ostona şahrida ötkazilgan anjuman davomida iştirokçilarning taklif va tavsiyalari asosida xalqaro sport sohasidagi köp yillik tajribasi, Osiyo sporti rivoji yölidagi mehnatlaridan kelib çiqqan holda hamda kuraşning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlaş maqsadida Otabek Umarov nomzodi IKA prezidentligiga ilgari surildi va bu taşabbus delegatlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.
Şuningdek, Ziyoviddin Xojiniyazov nomzodi keyingi yil saylovida assotsiatsiyaning birinçi vitse-prezidenti lavozimiga tavsiya etildi.
Keyingi saylovning aniq sanasi va ötkaziliş joyi 2026-yil 19–22-dekabr kunlari Turkiyaning Istanbul şahrida bölib ötadigan IKA boşqaruv qömitasi yiğilişida belgilanişi maʼlum qilindi.
Bundan taşqari, özbekistonlik Bekzod Muhtaramin IKAning xalqaro aloqalar va öyinlar böyiça vitse-prezidenti, turkiyalik Yusuf Yildirim IKAning moliya masalalari böyiça direktori etib tasdiqlandi.
Kongress davomida yangi milliy federatsiyalarni assotsiatsiya tarkibiga qabul qiliş, IKA Ustavi, musobaqa va hakamlik qoidalarini takomillaştiriş va reyting tizimini joriy etiş masalalari körib çiqildi.
Kuraşning xalqaro sport öyinlaridagi iştirokini kengaytiriş, CISM, Markaziy Amerika va Karib havzasi öyinlari, Turon xalqaro federatsiyasi hamda Közi ojizlar sporti xalqaro federatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tölqin Röziyev, ÖzA