Sog‘lom muhit – sog‘lom jamiyat
Toshkent viloyatining Angren shahrida uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Sport – sog‘liq garovi” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.
Toshkent viloyatining Angren shahrida uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Sport – sog‘liq garovi” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Angren shahar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar sportning tennis va shaxmat-shashka turlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
– Yoshlar, ayniqsa, uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish muhim ahamiyatga ega, – deydi partiyaning Angren shahar kengashi apparat rahbari M.Norboyeva. – Ushbu loyiha doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalariga yanada ko‘proq yoshlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, sog‘lom farzand, sog‘lom muhit – sog‘lom jamiyat asosidir.
G‘oliblarga partiya hamda “Shaxliya” mas’uliyati cheklangan jamiyatining sport kiyimlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.