Sirdaryolik o‘quvchilar “Maktab ligasi”da bellashmoqda
Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Maktab ligasi” sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.
Mazkur musobaqalarda o‘quvchi-yoshlar sportning 9 turi hamda “Quvnoq startlar” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashmoqda.
Boyovut tumanidagi 19-umumta’lim maktabida ham voleybol bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Unda o‘quvchilar o‘zaro kuch sinashib, o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etmoqda.
[gallery-32038]
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tayotgan musobaqalar o‘quvchi-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yosh sportchilarni aniqlashga xizmat qilmoqda.
Umid OBIDJONOV (surat), O‘zA